Rekordimni yangilaganingdan xursandman — Pele Mbappega murojaat qildi

© AP Photo / Martin MeissnerNapadayushiy sbornoy Fransii Kilian Mbappe na chempionate mira po futbolu v Katare.
Napadayushiy sbornoy Fransii Kilian Mbappe na chempionate mira po futbolu v Katare. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2022
Obuna bo‘lish
Mbappening jahon chempionatlarida urgan gollari 9 taga yetdi. Oldingi rekord 7ta gol bo‘lib u Pelega tegishli edi.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Futbol bo‘yicha uch karra jahon chempioni braziliyalik Pele Fransiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappeni 24 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida gollar soni bo‘yicha o‘zining rekordini yangilagani bilan tabrikladi. Bu haqda Sputnik Belarus yozmoqda.
Futbolchi Qatardagi jahon chempionatida beshta gol urdi. Umumiy hisobda Mbappe 9 ta gol urgan. Yetti goldan iborat avvalgi rekord Pelega tegishli edi.
“Rahmat, Kilian Mbappe. Bu jahon chempionatidagi navbatdagi rekordimni yangilaganingdan xursandman, do‘stim!” deb yozgan Pele ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Avvalroq Mbappe ijtimoiy tarmoqda Pele haqida “Qirol uchun duo qilaylik” deb yozgan edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta 82 yoshli Pele shifoxonaga yotqizilgandi. Xabar qilinishicha, Pele 2021-yil sentabr oyida tashxis qo‘yilgan yo‘g‘on ichak o‘simtasi bo‘yicha kimoterapiya davolash natijalarini qayta baholash uchun shifoxonaga olib ketilgan. Shu hafta shifokorlar Pelening sog‘lig‘i ijobiy tarafga o‘zgarayotganini ma’lum qildi.
Fransiya terma jamoasi jahon chempionatining chorak finaliga chiqdi va unda Angliya terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Fransuzlar amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0