Qaysi hudud aholisi ko‘proq "tez yordam" chaqiradi?

© Press-slujba Ministerstva Zdravooxraneniya UzbekistanaMeditsinskie rabotniki
Meditsinskie rabotniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2022
Obuna bo‘lish
2022 yilning 11 oyida "103" ga 11 mlndan ortiq chaqiruv bo‘lgan.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. O‘zbekistonda shu yilning 11 oyida “103” xizmatiga jami 11 735 450 ta chaqiriq kelib tushgan. Bu haqda bugun, 9-dekabr kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
Eng ko‘p chaqiriq kelib tushgan hududlar:
Farg‘ona viloyati – 1 366 853 ta;
Andijon viloyati – 1 269 113 ta;
Toshkent shahar – 1 155 053 ta;
Toshkent viloyati – 1 151 757 ta;
Namangan viloyati – 1 095 444 ta.
2022 yilning 11 oyida “103” xizmatiga jami 4 911 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. O‘tgan yilning mos davriga qaraganda asossiz murojaatlar soni 1,5 barobarga kamaygan.
Shuningdek, 2022-yilda “tez yordam”da faoliyat yuritayotgan shifokorlar soni 13 ming 798 nafarni tashkil etib, ta’minlanganlik darajasi 90,7 foizga yetdi.
Yangiliklar lentasi
0