https://oz.sputniknews.uz/20221209/putin-garb-ukrain-xalqidan-top-emi-sifatida-foydalanyapti--video-30615032.html
Putin: G‘arb ukrain xalqidan "to‘p yemi" sifatida foydalanyapti – video
Putin: G‘arb ukrain xalqidan "to‘p yemi" sifatida foydalanyapti – video
Sputnik O‘zbekiston
Putinning aytishicha, G‘arb taraqqiyotning muqobil modellarini cheklash uchun noqonuniy sanksiyalar qo‘llayapti. 09.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-09T15:45+0500
2022-12-09T15:45+0500
2022-12-09T15:45+0500
vladimir putin
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
mdh
video
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/09/30614491_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_8e47be6cb7196189ff59cfd4f7080df8.png
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. G‘arb har qanday yo‘l bilan o‘z hukmronligini saqlab qolishga harakat qilmoqda, Ukraina xalqi bu intilishlar qurboniga aylandi, dedi Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkiloti va MDHga a’zo davlatlar mudofaa idoralari rahbarlarining yig‘ilishi ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Qo‘shma Shtatlar NATOning tajovuzkor kengayishiga sarmoya kiritdi va amalda o‘nlab yillar davomida yaratilgan strategik barqarorlik arxitekturasini yo‘q qildi.Taraqqiyotning muqobil modellarini cheklash uchun G‘arb noqonuniy sanksiyalar qo‘llayapti, “rangli inqiloblar” texnologiyalaridan foydalanyapti va harbiy mojarolarni qo‘zg‘atapti, deydi Rossiya rahbari.Putin ShHT va MDH doirasida doimiy axborot almashish va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish muhimligini qayd etdi. Shuningdek, u tinchlikparvar qo‘shma missiyalarning muhimligini ta’kidladi.Moskva harbiy kadrlar tayyorlash sohasidagi uzoq yillik hamkorlik an’analarini qadrlaydi va bu sohani yanada rivojlantirish niyatida, deydi Rossiya rahbari.U uchrashuv ishtirokchilari ishi samarali bo‘lishini tilab, mudofaa sohasidagi hamkorlik Yevroosiyoda va butun dunyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashiga ishonch bildirdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Putin: Zapad pooshral terror v Donbasse, a segodnya ispolzuyet ukrainsev kak pushechnoe maso
Sputnik O‘zbekiston
Putin: Zapad pooshral terror v Donbasse, a segodnya ispolzuyet ukrainsev kak pushechnoe maso
2022-12-09T15:45+0500
true
PT0M32S
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/09/30614491_197:0:1637:1080_1920x0_80_0_0_99f2e9f212c06411ac4d9cce57f418d7.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir putin, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), mdh, video, video
vladimir putin, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), mdh, video, video
Putin: G‘arb ukrain xalqidan "to‘p yemi" sifatida foydalanyapti – video
Putinning aytishicha, G‘arb taraqqiyotning muqobil modellarini cheklash uchun noqonuniy sanksiyalar qo‘llayapti.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. G‘arb har qanday yo‘l bilan o‘z hukmronligini saqlab qolishga harakat qilmoqda, Ukraina xalqi bu intilishlar qurboniga aylandi, dedi Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkiloti va MDHga a’zo davlatlar mudofaa idoralari rahbarlarining yig‘ilishi ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi.
“Bunday harakatlar og‘ir oqibatlarini bugun Ukrainada ko‘rib turibmiz. Bir necha yillar davomida G‘arb uyalmasdan uning resurslarini so‘rib oldi va o‘zlashtirdi, Donbassda genotsid va terrorni qo‘llab-quvvatladi, aslida bu mamlakatni mustamlakaga aylantirdi va endi ukrain xalqini Rossiyaga qarshi “to‘p yemi” sifatida ishlatmoqda. Ukrainani qurol va o‘q-dorilar bilan ta’minlashni davom ettirish, yollanma askarlarni yuborish uni o‘z joniga qasd qilish yo‘liga undayapti”, - deydi Vladimir Putin.
Qo‘shma Shtatlar NATOning tajovuzkor kengayishiga sarmoya kiritdi va amalda o‘nlab yillar davomida yaratilgan strategik barqarorlik arxitekturasini yo‘q qildi.
Taraqqiyotning muqobil modellarini cheklash uchun G‘arb noqonuniy sanksiyalar qo‘llayapti, “rangli inqiloblar” texnologiyalaridan foydalanyapti va harbiy mojarolarni qo‘zg‘atapti, deydi Rossiya rahbari.
Putin ShHT va MDH doirasida doimiy axborot almashish va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish muhimligini qayd etdi. Shuningdek, u tinchlikparvar qo‘shma missiyalarning muhimligini ta’kidladi.
Moskva harbiy kadrlar tayyorlash sohasidagi uzoq yillik hamkorlik an’analarini qadrlaydi va bu sohani yanada rivojlantirish niyatida, deydi Rossiya rahbari.
U uchrashuv ishtirokchilari ishi samarali bo‘lishini tilab, mudofaa sohasidagi hamkorlik Yevroosiyoda va butun dunyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashiga ishonch bildirdi.