https://oz.sputniknews.uz/20221209/ozbekistonning-doimiy-aholisi-36-milliondan-oshdi-30622475.html
O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 milliondan oshdi
O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 milliondan oshdi
Sputnik O‘zbekiston
Mamlakat aholisining bir millionga ko‘payishi uchun 1-yil-u 3 oydan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi. 09.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-09T20:55+0500
2022-12-09T20:55+0500
2022-12-09T20:55+0500
jamiyat
umumiy aholi soni
davlat statistika qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/928/60/9286021_0:135:2592:1593_1920x0_80_0_0_f7d297db2c0ff6617c5f65726ed389ae.jpg
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2022-yil 9-dekabr holatiga 36 milliondan oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.Qo‘mitaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, aholining 18,1 mln nafarini erkaklar, 17,9 mln nafarini ayollar tashkil etadi.FHDYo organlarida 2022-yilning noyabr oyida respublika bo‘yicha 83 197 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 377 taga oshgan."Hozirda O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasida 41 o‘rinni band qilib turibdi", - deyiladi xabarda.Ma’lumot uchun, O‘zbekiston aholi 2021-yilning 7-sentabr kuni 35 million nafardan oshgandi. Aholining yana bir millionga ko‘payishiga 1-yil-u 3 oy va 2 kun yetarli bo‘ldi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/928/60/9286021_389:350:2227:1728_1920x0_80_0_0_1232d26fc51c02600ac1ded7a6f94692.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, umumiy aholi soni, davlat statistika qo‘mitasi
jamiyat, umumiy aholi soni, davlat statistika qo‘mitasi
O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 milliondan oshdi
Mamlakat aholisining bir millionga ko‘payishi uchun 1-yil-u 3 oydan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2022-yil 9-dekabr holatiga 36 milliondan oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Qo‘mitaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, aholining 18,1 mln nafarini erkaklar, 17,9 mln nafarini ayollar tashkil etadi.
FHDYo organlarida 2022-yilning noyabr oyida respublika bo‘yicha 83 197 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 377 taga oshgan.
"Hozirda O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasida 41 o‘rinni band qilib turibdi", - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston aholi 2021-yilning 7-sentabr kuni 35 million nafardan oshgandi. Aholining yana bir millionga ko‘payishiga 1 yil-u 3 oy va 2 kun yetarli bo‘ldi.