Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston YeOII hamkorlarining eng kuchli o‘nligiga kirdi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovFlagi YeAES
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2022
Obuna bo‘lish
Ro‘yxatning kuchli o‘nligiga O‘zbekistondan tashqari Xitoy, Hindiston, Misr, Vyetnam, BAA, Braziliya, Indoneziya, Meksika va Turkiya kiritilgan.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlatlar uchun hamkorlik bo‘yicha TOP-20 ta ustuvor davlatni aniqladi. O‘zbekiston ushbu reytingning kuchli o‘nligiga kirdi. Bu haqda Sputnik muxbiri YeIK matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqada.
Ro‘yxatning kuchli o‘nligiga Xitoy, Hindiston, Misr, Vyetnam, O‘zbekiston, BAA, Braziliya, Indoneziya, Meksika va Turkiya kiritilgan.
Ikkinchi o‘nlikka Ozarbayjon, Serbiya, Isroil, Mo‘g‘uliston, Saudiya Arabistoni, Tailand, Eron, Bangladesh, Senegal, Jazoir kiritilgan.
Avvalroq YeIK Integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Sergey Glazyev O‘zbekiston savdo-iqtisodiy hamkorlik ko‘lami bo‘yicha ham, o‘zaro hamkorlikning sifati va chuqurligi bo‘yicha ham YeOIIning eng yaqin hamkori ekanini ta’kidlagan edi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda YeOIIga a’zo mamlakatlar kapitali ishtirokidagi korxonalar soni sezilarli darajada oshdi. Ularning soni 4,5 mingga yetdi.
YeOII a’zolari Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistondir. 2020-yilda O‘zbekiston birlashish jarayonida kuzatuvchi maqomiga ega bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0