O‘zbekiston YeOII bilan hamkorlikni qaysi yo‘nalishlarda rivojlantirishga tayyor - Aripov
15:32 09.12.2022 (yangilandi: 18:31 19.12.2022)
© Press-slujba pravitelstva KirgizstanaPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov vstretilsya s vitse-premyer-ministrom Kirgizstana Akramom Madumarovim
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bosh vaziri Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan YeIK kengashida respublika YeOII doirasida qanday yo‘nalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyorligini aytdi.
TOShKENT, 9 dek - Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan YeOII Iqtisodiy komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida ishtirok etib nutq so‘zladi.
O‘z so‘zida O‘zbekiston bosh vaziri respublika YeOII bilan iqtisodiy hamkorlikni davom ettirish va uni chuqurlashtirishga tayyor ekanini bildirdi.
Aripov aytishiga ko‘ra, Bugungi kunda O‘zbekiston va YeOII orasida hamkorlik ildam rivojlanmoqda.
"Xususan so‘nggi yil davomida O‘zbekiston va YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi ham oshib bormoqda. O‘tgan yili ushbu ko‘rsatgich 30 foizga oshgan bo‘lsa, bu yil - 40 foizga o‘sdi" - dedi Aripov.
O‘zbekiston va YeOII hamkorligi O‘zbekiston YeIK bilan imzolangan memorandum va 3-yillik reja doirasida hamkorlik qilmoqda. Shuningdek, respublika YeIKning alohida jarayonlariga qo‘shilishga muvaffaq bo‘ldi. Bular savdo tartib-qoidalarini raqamlashtirish, iqtisodiyotlarni yangi voqelikka moslashtirish bo‘yicha ham hamkorlik yo‘nalishlaridir.
Bosh vazir aytishiga ko‘ra, O‘zbekiston quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha YeOII bilan hamkorlikni rivojlantirish tarafdori:
O‘zaro savdoni oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish. O‘zbekiston erkin savdo zonasi haqidagi shartnomaga amal qilishda davom etadi.
O‘zbekiston milliy texnik reglamentlarini YeOII normalariga muvofiqlashtirishni davom ettirmoqda;
O‘zbekiston kelajakda ham YeOII davlatlari bilan kooperatsion aloqalarni rivojlantirish tarafdori. "Bugun biz YeOII davlatlari bilan hamkorlikla sanoat texnoparklari va infratuzilma loyihalarni rivojlantirmoqdamiz. Joriy yilning o‘zida respublikada YeOII mamlakatlari bilan 1000 ta yangi korxona ochildi. Ularning umumiy soni 5000 dan oshdi" - dedi Aripov ;
Yangi mustahkam ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish. Ular bizning davlatlarimizning industirald rivojlanishiga yordam beradi. Ushbu yo‘nalishda kooperatsion aloqalarni rivojlantirish va lokalizatsiyani chuqurlashtirish bo‘ycha qo‘shma yo‘l xaritasini qabul qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi;
Transport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish, hujjatlar rasmiylashtirishni raqamlashtirish va soddalashtirish, yangi logistika tarmoqlarini rivojlantirish;
O‘zbekiston Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Osiyo Tinch Okeani hududlariga samarali transport koridorlarini ishlab chiqish loyihalarida faol ishtirk etishga tayyor;
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashga qaratilgan ilmiy izlanishlar bo‘yicha alohida dasturga asosan hamkorlik qilish muhim;
O‘zbekistonga nisbatan oziq-ovqat mahsulotlari va xom-ashyo mahsulotlarini eksportini cheklash rejimini qo‘llamaslik;
Mehnat migratsiyasi va mutaxassislarning erkin harakatlanish masalalarida YeOII bilan hamkorlikni davom ettirish.
So‘z yakunida Aripov YeOII davlatlari rahbarlariga Shavkat Mirziyoyevning tilaklarini yetkazdi.