FVV yangi yil archasini xavfsiz bezatish bo‘yicha tavsiyalar berdi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishNovogodnyaya yelka
Novogodnyaya yelka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2022
Obuna bo‘lish
FVV aholida archaning yonishi haqida ta’savvur paydo bo‘lishi uchun amalda uni yoqib ko‘rsatib berdi.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi yangi yil archasini yong‘in xavfsizligi qoidalariga muvofiq bezatish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Yangi yil bayramini yorqin bezatilgan archasiz tasavvur qilish qiyin. Biroq, yangi yil archasi yong‘in xavfsizligi qoidalariga muvofiq o‘rnatilishi va ishlatilishi kerak.
Yangi yil archasini bezatda quyidagi tavsiyalarga amal qilish kerak:
Archani mustahkam asosga o‘rnatish;
Isitish jihozlari yonida o‘rnatmaslik;
Shift va devorlargacha bo‘lgan masofani kamida 1 metr etib belgilash:
Ishonchli ishlab chivaruvchilar tayyorlagan va soz elektr marjonlari bilan yasatish;
Elektr tarmog‘iga ulangan marjonlarni uzoq vaqt qarovsiz qoldirmaslik;
Yengil alangalovchi o‘yinchoqlar, paxta, shag‘am va qog‘ozlarni ishlatmaslik;
Archa yonida piratexnika vositalaridan foydalanmaslik.
FVV aholida archaning yonishi haqida ta’savvur paydo bo‘lishi uchun amalda uni yoqib ko‘rsatib berdi. Mazkur sinov o‘z kasbining ustalari tomonidan ta’lab etilgan sharoitlarda amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sputnik muxbiri Toshkent bozorlaridagi bayram bezaklari narxini o‘rgangan edi. Unga ko‘ra, archaning narxlari sifat va balandlik, shuningdek o‘yinchoqlar bor yoki yo‘qligiga ham bog‘liq.
Yangiliklar lentasi
0