Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII yetakchilari Bishkekdagi sammit yakunlari bo‘yicha 15 ta hujjat imzoladi

© Sputnik / Vladislav Nogay / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote sammita YeAES v Bishkeke
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote sammita YeAES v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2022
Obuna bo‘lish
Bishkekdagi sammit yakuni bo‘yicha integratsiyani rivojlantirishga qaratilgan 15 ta hujjat imzolandi.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Bugun, 9-noyabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar rahbari Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda o‘tkazilgan yig‘ilishda 15 ta hujjatni imzoladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, ular orasida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi bitimga elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatishda bilvosita soliqlarni undirish tartibini belgilash nuqtayi nazaridan o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma, Birlashgan Arab Amirliklari bilan erkin savdo shartnomasi tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshlash to‘g‘risidagi qaror va ittifoqning 2023-yilga mo‘ljallangan xalqaro faoliyatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi qaror bor.
Imzolangan hujjatlar ro‘yxati:
1.
2014 yil 29-maydagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomaga elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatishda bilvosita soliqlarni undirish tartibini belgilash bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma;
2.
“Birlashgan Arab Amirliklari bilan erkin savdo shartnomasini tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshlash to‘g‘risida”gi qaror;
3.
“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi xalqaro faoliyatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaror;
4.
“Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Reglamentinning 1-ilovasi 63-bandiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaror;
5.
“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlarning energetika sohasidagi vakolatli organlari rahbarlari kengashi to‘g‘risida”gi qaror;
6.
“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida Yagona xizmatlar bozori amal qiluvchi xizmatlar tarmoqlari (quyi tarmoqlari) ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaror;
7.
“(O‘tish davridagi) Liberallashtirish rejalariga muvofiq Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida xizmatlarning yagona bozorini shakllantirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladigan xizmatlar tarmoqlarini (kichik tarmoqlarini) aniqlash maqsadida xizmatlarni liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari ro‘yxati to‘g‘risida”gi qaror”;
8.
“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” medali bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaror;
9.
“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi organlarida tashqi audit (nazorat) to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaror;
10.
“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi budjetining 2021-yilgi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot to‘g‘risida”gi qaror;
11.
“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining 2023-yilgi budjeti to‘g‘risida”gi qaror;
12.
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sudiga murojaat qilishda to‘lanadigan yig‘im miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror;
13.
“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi organlariga raislik qilish to‘g‘risida”gi qaror;
14.
“Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi majlisini o‘tkazish vaqti va joyi to‘g‘risida”gi farmoyish;
15.
“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini moliyalashtirish manbalari va mexanizmlari to‘g‘risida”gi masala doirasida ko‘rsatma.
2023 yilda YeOIIning ustuvor yo‘nalishlari MDH davlatlari va boshqa yaqin xorij davlatlari bilan o‘zaro hamkorlikni faollashtirish, Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT), Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari (ASEAN), Yevropa Ittifoqi (YeI), BRIKS davlatlari va Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqdagi boshqa manfaatdor davlatlar va birlashmalar bilan Katta Yevroosiyo hamkorligi g‘oyasi kontekstida muloqotni rivojlantirish, shuningdek, yangi bozorlarga chiqish va o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalardan foydalanishni kengaytirish orqali eksport salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0