Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Bishkekda YeOIKning kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishi boshlandi

© Joomart UraimovSammit YeAES v Bishkeke.
Sammit YeAES v Bishkeke. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2022
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 9 dek – Sputnik. Bishkekda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisi boshlandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Ushbu majlisda O‘zbekiston bosh Abdulla Aripov ham ishtirok etadi. Biroz oldin u Bishkek aeroportiga yetib kelgani haqida xabar bergan edik.
Avvalroq davlatlar rahbarlari tor doirada uchrashgan. Yig‘ilish ommaviy axborot vositalari ishtirokisiz o‘tkazildi. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov o‘zining qutlov nutqida YeOII mamlakatlari rahbarlari koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon uch yil ichida birinchi marta shaxsan uchrashganini ta’kidladi.
Sammit kun tartibidan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi faoliyatiga oid masalalar, integratsiya jarayonlarini yanada chuqurlashtirish bo‘yicha yo‘riqnomalar, tovar va xizmatlarning yagona bozori faoliyatini takomillashtirish masalalari o‘rin olgan. Prezidentlar, shuningdek, YeOII ichki bozoridagi to‘siqlarni bartaraf etish, Hamdo‘stlik hududida umumiy gaz bozorini shakllantirish va BAA bilan erkin savdo bitimini tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshlash masalalarini ham muhokama qiladi.
Yig‘ilishga Qirg‘iziston prezidenti Japarov raislik qilmoqda. Unda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin, Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etmoqda. Kuzatuvchi davlatlardan O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi rahbari Abdulla Aripov hozir bo‘lib, Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel videoaloqa orqali yig‘ilish ishtirokchilariga murojaat qiladi.
Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirni 150 ga yaqin xorijiy va 80 ga yaqin mahalliy OAV xodimlari yoritib bormoqda. -0-
Yangiliklar lentasi
0