https://oz.sputniknews.uz/20221209/aqsh-va-nato-har-qanday-holatda-ham-rossiyani-yoq-qilishni-xohlaydi--patrushev-30612545.html
AQSh va NATO har qanday holatda ham Rossiyani yo‘q qilishni xohlaydi — Patrushev
AQSh va NATO har qanday holatda ham Rossiyani yo‘q qilishni xohlaydi — Patrushev
Sputnik O‘zbekiston
Xavfsizlik masalalari bo‘yicha Rossiya-Tailand idoralararo ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 09.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-09T15:11+0500
2022-12-09T15:11+0500
2022-12-09T15:11+0500
rossiya
aqsh
nato
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/597/82/5978271_0:0:3113:1751_1920x0_80_0_0_2bafea1d78afc10b0260404fa4b4a725.jpg
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari va uning NATOdagi ittifoqchilari har qanday holatda ham Rossiyani kuchsizlantirish yoki yo‘q qilish, shuningdek, butun Yevroosiyoda xavfsizlik arxitekturasini buzishni istaydi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ta’kidladi.Suhbatdoshlar, xususan, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashdi.“Mintaqadagi harbiy infratuzilmaning agressiv kengayishi keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishini ta’kidlamoqchiman”, dedi Patrushev.Xavfsizlik masalalari bo‘yicha Rossiya-Tailand idoralararo ishchi guruhining payshanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ham shu haqda so‘z bordi.Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Aleksandr Venediktov uchrashuvda g‘arbliklar tomonidan qo‘zg‘atilgan inqirozli jarayonlar fonida dunyoda radikal mafkuralarning, jumladan, tajovuzkor millatchilik va neonatsizmning tarqalishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan terrorchilik va ekstremistik tahdidlar kuchayishda davom etayotganini ta’kidladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/597/82/5978271_342:0:3071:2047_1920x0_80_0_0_87afcb8c323dd7d278d2dc1ca8448183.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, aqsh, nato
AQSh va NATO har qanday holatda ham Rossiyani yo‘q qilishni xohlaydi — Patrushev
Xavfsizlik masalalari bo‘yicha Rossiya-Tailand idoralararo ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari va uning NATOdagi ittifoqchilari har qanday holatda ham Rossiyani kuchsizlantirish yoki yo‘q qilish, shuningdek, butun Yevroosiyoda xavfsizlik arxitekturasini buzishni istaydi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev
ta’kidladi. “Amerika Qo‘shma Shtatlari va uning NATOdagi ittifoqchilarining uzoq muddatli maqsadi har qanday holatda ham mamlakatimizni zaiflashtirish yoki yo‘q qilish, shuningdek, butun Yevroosiyoda xavfsizlik arxitekturasini buzishdir”, dedi Patrushev Tailand Milliy xavfsizlik kengashi bosh kotibi Supot Malaniyom bilan muzokaralar chog‘ida.
Suhbatdoshlar, xususan, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashdi.
“Mintaqadagi harbiy infratuzilmaning agressiv kengayishi keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishini ta’kidlamoqchiman”, dedi Patrushev.
Xavfsizlik masalalari bo‘yicha Rossiya-Tailand idoralararo ishchi guruhining payshanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ham shu haqda so‘z bordi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Aleksandr Venediktov uchrashuvda g‘arbliklar tomonidan qo‘zg‘atilgan inqirozli jarayonlar fonida dunyoda radikal mafkuralarning, jumladan, tajovuzkor millatchilik va neonatsizmning tarqalishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan terrorchilik va ekstremistik tahdidlar kuchayishda davom etayotganini ta’kidladi.