FT: Vengriya Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar to‘plamiga qarshi chiqdi

© Pixabay.com/boldogsagFlag Vengrii
Flag Vengrii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2022
Obuna bo‘lish
Budapesht Ukraina va boshqa mamlkatlarga qurol-yarog‘ yetkazib berishni moliyalashtiradigan YeI jamg‘armasi miqdorini oshirish taklifiga ham qarshi chiqmoqda.
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Vengriya Yevropa Ittifoqi mamlakatlari doimiy vakillarining uchrashuvida Rossiyaga nisbatan navbatdagi sanksiyalar to‘plamiga qarshi chiqdi. Bu haqda “Financial Times” gazetasi ismlari ochiqlanmagan diplomatlarga tayangan holda yozmoqda.
“Ular (Vengriya vakillari – tahr.) yaratish mumkin bo‘lgan har yerda muammo tug‘dirishmoqda”, - degan nashrga uchrashuv jarayoni bilan tanish bo‘lgan yuqori lavozimli amaldor.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, Budapesht Ukraina va boshqa mamlkatlarga qurol-yarog‘ yetkazib berishni moliyalashtiradigan YeI jamg‘armasi miqdorini oshirish taklifiga ham qarshi chiqqan.
Yevropa komissiyasi 7-dekabr kuni Rossiyaga qarshi galdagi sanksiyalar to‘plami joriy etilishini ma’lum qildi. Qora ro‘yxatga qariyb 200 jismoniy va yuridik shaxs, 3ta bank, 4 ta telekanal, mudofaa-sanoat majmuasi kompaniyasini kiritish rejalashtirilgan. Bu Rossiyaga qarshi G‘arbning to‘qqizinchi sanksiyalar to‘plami bo‘ladi.
Yevropa jamiyati bo‘linib ketmoqda - vengriyalik jurnalist
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova G‘arbning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirib, mamlakat o‘z manfaatlarini hisobga olgan holda har qanday cheklovlarga munosib javob qaytarishini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya sanksiyalar sharoitida yashashga o‘rgangan.
Avvalroq Vengriya bosh vaziri Orban Yevropani Kiyevni o‘ylamasdan qo‘llab-quvvatlash oqibatlaridan ogohlantirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh boshchiligida G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Rossiya eksporti sohasi, bank va boshqa sohalariga nisbatan keskin sanksiyalar joriy etildi. Lekin o‘tgan vaqt davomida ular ketilgan natijaga olib kelmadi, rubl qulamadi, Rossiya iqtisodiyoti barbod bo‘lmadi. Yevropa va AQShda esa sanksiyalar oqibatida elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va cheklovlar butun dunyo iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi - dunyoda millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
Yangiliklar lentasi
0