https://oz.sputniknews.uz/20221208/uralda-ozbekiston-tog-konchilik-ravnaqiga-hissa-qoshuvchi-kadrlar-tayyorlanmoqda---bosh-konsul-30577183.html
Uralda O‘zbekiston tog‘-konchilik ravnaqiga hissa qo‘shuvchi kadrlar tayyorlanmoqda - bosh konsul
Uralda O‘zbekiston tog‘-konchilik ravnaqiga hissa qo‘shuvchi kadrlar tayyorlanmoqda - bosh konsul
Sputnik O‘zbekiston
Ural davlat tog‘-konchilik universitetida yuzdan ortiq o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda. 08.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-08T12:20+0500
2022-12-08T12:20+0500
2023-04-05T18:42+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/08/30577900_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_67c522dfbbcfcceca49d9423eaa2db16.jpg
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsuli Abdusalom Hotamov Ural davlat tog‘-konchilik universitetida ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi.Bosh konsulxonaning Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, hozirda mazkur dargohda yuzdan ortiq o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda.Uchrashuvda universitet rektori Aleksey Dushin va 30 nafardan ortiq o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etdi.Aleksey Dushin ishtirokchilarni qutlar ekan, bunday uchrashuvlar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda muhim ekanligini qayd etdi.Bosh konsul Abdusalom Hotamov o‘z so‘zida bo‘lajak muhandislarni tayyorlayotgan universitet rektori va jamoasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.Tadbir davomida birinchi kurs talabalari universitetning ijtimoiy hayotida yanada faol ishtirok etish, talabalar tashkilotlariga a’zo bo‘lish istagini bildirishdi. O‘z navbatida universitet rektori talabalarning istagini qo‘llab-quvvatladi.Ma’lumot uchun, Ural davlat tog‘-konchilik universiteti 1914-yilda konchilik instituti sifatida tashkil etilgan Yekaterinburg va Uraldagi eng qadimgi universitet hisoblanadi. 2014-yilda universitetning 100-yilligi nishonlandi, shu vaqt ichida 50 mingdan ortiq kon muhandislari, yuzlab doktorlar va fan nomzodlari tayyorlandi. Universitetda konchilik, mashinasozlik, transport jarayoni texnologiyasi, neft va gaz geologiyasi kabi 25dan ortiq yo‘nalishlar mavjud.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/08/30577900_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_5e3c5dd9a39c1da1a6c00b31c6f56cef.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya
Uralda O‘zbekiston tog‘-konchilik ravnaqiga hissa qo‘shuvchi kadrlar tayyorlanmoqda - bosh konsul
12:20 08.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Ural davlat tog‘-konchilik universitetida yuzdan ortiq o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda.
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsuli Abdusalom Hotamov Ural davlat tog‘-konchilik universitetida ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi.
Bosh konsulxonaning Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, hozirda mazkur dargohda yuzdan ortiq o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda.
Uchrashuvda universitet rektori Aleksey Dushin va 30 nafardan ortiq o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etdi.
Aleksey Dushin ishtirokchilarni qutlar ekan, bunday uchrashuvlar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda muhim ekanligini qayd etdi.
Bosh konsul Abdusalom Hotamov o‘z so‘zida bo‘lajak muhandislarni tayyorlayotgan universitet rektori va jamoasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
"Universitetda o‘zbekistonlik talabalar munosib ta’lim olmoqda, bu esa kelajakda o‘z ona yurti ravnaqiga katta hissa qo‘shish imkonini beradi. O‘zbekistonda hali ham ochilmagan foydali qazilma konlari ko‘p”, - dedi Abdusalom Hotamov.
Tadbir davomida birinchi kurs talabalari universitetning ijtimoiy hayotida yanada faol ishtirok etish, talabalar tashkilotlariga a’zo bo‘lish istagini bildirishdi. O‘z navbatida universitet rektori talabalarning istagini qo‘llab-quvvatladi.
Ma’lumot uchun, Ural davlat tog‘-konchilik universiteti 1914-yilda konchilik instituti sifatida tashkil etilgan Yekaterinburg va Uraldagi eng qadimgi universitet hisoblanadi. 2014-yilda universitetning 100-yilligi nishonlandi, shu vaqt ichida 50 mingdan ortiq kon muhandislari, yuzlab doktorlar va fan nomzodlari tayyorlandi. Universitetda konchilik, mashinasozlik, transport jarayoni texnologiyasi, neft va gaz geologiyasi kabi 25dan ortiq yo‘nalishlar mavjud.