Toshkentdan yo‘lga chiqqan Qorabayir otlar karvoni Samarqandga yetib keldi

© ZarnewsQorabayir otlari karvoni
Qorabayir otlari karvoni  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2022
Obuna bo‘lish
Marafonda 20 nafar chavandoz Toshkent viloyatidan Samarqandgacha 330 kilometr masofani bosib o‘tdi.
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Toshkent viloyatining Nurafshon shahridan yo‘lga chiqqan Qorabayir otlar karvoni Samarqandga yetib bordi. Otlar karvoni Toshkent viloyatidan 330 kilometr masofani bosib o‘tdi va 7-dekabr kuni Samarqand shahriga kirib keldi.
Marafonda 20 nafar chavandoz Kapital, Yulduz, Karol, Limon, Miraj, Navro‘z, Oqsaroy, Olmos, Sadaf, Sangar, To‘riq, Qaldirg‘och, Mamlyuk, Sapsan, Istanbul, Komissar, Baron, Graf, Burgut va To‘fon laqabli tulporlari bilan ishtirok etdi.
“5-6 kun otda yurish chavandozdan mustahkam iroda, sabr-bardosh talab qiladi. O‘z navbatida otlar ham uzoq safarga chidamli bo‘lishi va o‘z vaqtida ularga dam berilishi kerak. Shu bois karvon ishtirokchilarining yo‘l davomida kayfiyatini ko‘tarish, ularga ruh bag‘ishlash maqsadida baxshilar tomonidan “Go‘ro‘g‘li” va “Alpomish” dostonlaridan parchalar, ularning mashhur otlari Boychibor hamda G‘irko‘k haqida termalar ijro etildi”, - deydi "Qorabayir otlari karvoni" sardori Jahongir Sodiqov.
Chavandozlar Registon maydonida tantanali kutib olindi. Belgilangan manzilga yetib kelgan chavandozlar va ularga hamrolik qilganlar, faxriy yorliq, pul mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
© ZarnewsQorabayir otlari karvoni
Qorabayir otlari karvoni  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2022
Qorabayir otlari karvoni
Eslatib o‘tamiz, 2-dekabr kuni Qorabayir otlari karvoni Nurafshondagi yangi “Smart city” hududidan yo‘lga chiqqan edi. Mazkur marafon yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Yangiliklar lentasi
0