https://oz.sputniknews.uz/20221208/taniqli-akademik-abdumavlon-abdullaev-vafot-etdi-30585414.html
Taniqli akademik Abdumavlon Abdullayev vafot etdi
Taniqli akademik Abdumavlon Abdullayev vafot etdi
Sputnik O‘zbekiston
Abdullayev to‘plagan g‘o‘za genofondi foydali belgilar manbai bo‘libgina qolmay, yangi genetik asosli istiqbolli navlar yaratish uchun muhim manba hisoblanadi. 08.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-08T16:55+0500
2022-12-08T16:55+0500
2022-12-08T16:55+0500
jamiyat
ta’ziya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/08/30585524_0:0:1281:721_1920x0_80_0_0_22bb8e723846762880fc1c62133c97a0.jpg
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Bugun akademik Abdumavlon Abdullayev 92 yoshida vafot etdi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar berdi.Abdumavlon Abdullayev genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi sohasida dunyoga tanilgan. U O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi rivojiga munosib hissa qo‘shgan.Abdullayev 1961-yilda nomzodlik, 1972-yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1979-yilda O‘zR FAning muxbir a’zosi etib saylangan.1980 yilda "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi" yuksak unvoni bilan taqdirlangan. 1984-yilda esa "Genetika" sohasi bo‘yicha professor unvoni berilgan. 1995-yilda u "Molekulyar genetika" sohasi bo‘yicha O‘zR FA akademigi etib saylangan.Akademikning asosiy ilmiy yo‘nalishi g‘o‘za genetikasi, sistematikasi, evolyutsiyasi va filogeniyasi kabi fundamental muammolarini o‘rganishga qaratilgan. Shu bilan birga, jahondagi eng boy kolleksiyalaridan biri — g‘o‘za genofondini yaratilishida, uni yangi namunalar bilan to‘ldirishda Abdullayevning hissasi beqiyosdir.Abdullayev to‘plagan g‘o‘za genofondi kolleksiyasi respublikaning milliy boyligi hisoblanib, kelgusida tadqiqotchilarning ko‘p avlodlariga xizmat qiladi. Genofond foydali belgilar manbai bo‘libgina qolmay, yangi genetik asosli istiqbolli navlar yaratish uchun muhim manba hisoblanadi.Yovvoyi tur va g‘o‘zaning yangi sintetik formalari qimmatli ho‘jalik belgili donorlaridan nafaqat institut laboratoriyalarida, balki respublakaning ko‘pgina ilmiy tekshirish institutlarida ham samarali foydalaniladi. Ular asosida yangi navlar yaratilgan.Abdullayev An-Chillaki, AN Uzbekistan-3, AN-510, 512-516, Sharof-75, Besh-Qahramon, Kleystogam, Hamkor, NASAF, Ko‘paysin, Genofond-2 va boshqa navlarga hammuallifdir.Abdullayev rahbarligida tashkil etilgan g‘o‘za sistematikasi va filogeniyasi bo‘yicha ilmiy maktab hozirgi zamon talablari darajasida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Ilmiy maktab nafaqat respublikada, balki xorijda ham tan olingan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/08/30585524_110:0:1127:763_1920x0_80_0_0_7e7f2287bf209df51df9c3d43929743d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ta’ziya
Taniqli akademik Abdumavlon Abdullayev vafot etdi
Abdullayev to‘plagan g‘o‘za genofondi foydali belgilar manbai bo‘libgina qolmay, yangi genetik asosli istiqbolli navlar yaratish uchun muhim manba hisoblanadi.
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Bugun akademik Abdumavlon Abdullayev 92 yoshida vafot etdi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar
berdi. Abdumavlon Abdullayev genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi sohasida dunyoga tanilgan. U O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi rivojiga munosib hissa qo‘shgan.
Abdullayev 1961-yilda nomzodlik, 1972-yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1979-yilda O‘zR FAning muxbir a’zosi etib saylangan.
1980 yilda "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi" yuksak unvoni bilan taqdirlangan. 1984-yilda esa "Genetika" sohasi bo‘yicha professor unvoni berilgan. 1995-yilda u "Molekulyar genetika" sohasi bo‘yicha O‘zR FA akademigi etib saylangan.
Akademikning asosiy ilmiy yo‘nalishi g‘o‘za genetikasi, sistematikasi, evolyutsiyasi va filogeniyasi kabi fundamental muammolarini o‘rganishga qaratilgan. Shu bilan birga, jahondagi eng boy kolleksiyalaridan biri — g‘o‘za genofondini yaratilishida, uni yangi namunalar bilan to‘ldirishda Abdullayevning hissasi beqiyosdir.
Abdullayev to‘plagan g‘o‘za genofondi kolleksiyasi respublikaning milliy boyligi hisoblanib, kelgusida tadqiqotchilarning ko‘p avlodlariga xizmat qiladi. Genofond foydali belgilar manbai bo‘libgina qolmay, yangi genetik asosli istiqbolli navlar yaratish uchun muhim manba hisoblanadi.
Yovvoyi tur va g‘o‘zaning yangi sintetik formalari qimmatli ho‘jalik belgili donorlaridan nafaqat institut laboratoriyalarida, balki respublakaning ko‘pgina ilmiy tekshirish institutlarida ham samarali foydalaniladi. Ular asosida yangi navlar yaratilgan.
Abdullayev An-Chillaki, AN Uzbekistan-3, AN-510, 512-516, Sharof-75, Besh-Qahramon, Kleystogam, Hamkor, NASAF, Ko‘paysin, Genofond-2 va boshqa navlarga hammuallifdir.
Abdullayev rahbarligida tashkil etilgan g‘o‘za sistematikasi va filogeniyasi bo‘yicha ilmiy maktab hozirgi zamon talablari darajasida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Ilmiy maktab nafaqat respublikada, balki xorijda ham tan olingan.