https://oz.sputniknews.uz/20221208/ozbekiston-gaz-ittifoqidan-voz-kechdimi---energetika-vaziri-javobi-30582084.html
O‘zbekiston gaz ittifoqidan voz kechdimi? - Energetika vaziri aslida nima degan edi
O‘zbekiston gaz ittifoqidan voz kechdimi? - Energetika vaziri aslida nima degan edi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston gaz va elektr energiyasini qo‘shnilardan tijorat shartnomasi asosida sotib olish haqida muzokaralar olib bormoqda - vazir. 08.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-08T14:11+0500
2022-12-08T14:11+0500
2023-04-05T18:42+0500
iqtisod
o‘zbekiston
qozog‘iston
gaz
gaz ittifoqi
energetika vazirligi
energetika
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/07/26006821_0:18:1280:738_1920x0_80_0_0_66f6723f552a79e5989b8c499a1ad882.jpg
TOShKENT, 8 dek - Sputnik. O‘zbekistonda, Rossiya va Qozog‘iston gaz ittifqiga qo‘shilish uchun, sun’iy gaz taqchilligi uyushtirilayotgani yo‘q, dedi respublika energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov. Vazirlik quyidagi axborotni Sputnik muxbiriga tasdiqladi. "Bugungi vaziyat, tashqi faktorlarga bog‘liq bo‘lmagan holat. Taqchillik O‘zbekiston ichki iste’molining oshishi natijasida sodir bo‘ldi. Energiya iste’molining oshishi - iqtisodiyot hajmi o‘sishi, aholi soni va daromadlari oshishi natijasida sodir bo‘ldi. Ushbu ehtiyojni yetarli darajada qondira olmaganimiz – bu bizning aybimiz", - dedi vazir. Mirzamaxmudov aytishiga ko‘ra, bugungi kunda respublikada barcha ichki resurslar safarbar qilingan, lekin qandaydir hajmda import qilishga ham ehtiyoj bor.Biroz oldin Reuters axborot agentligi va yana bir necha nashrlar "O‘zbekiston gaz ittifoqidan voz kechdi" mavzusida xabarlar tarqatgan edi. Aytish joizki respublika rahbariyati tomonidan Rossiya va Qozog‘iston ishtirokidagi gaz ittifoqidan voz kechish haqidagi rasmiy bayonot hech qayerda e’lon qilinmagan. Shu bilan birga, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov gaz ittifoqi bu iqtisodiy loyiha ekanini ham bir necha bor ta’kidlagan edi.
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/07/26006821_0:0:1136:852_1920x0_80_0_0_e693fbf0e6ca5e0397ddcf560c1d16c8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, qozog‘iston, gaz, gaz ittifoqi, energetika vazirligi, energetika, rossiya
iqtisod, o‘zbekiston, qozog‘iston, gaz, gaz ittifoqi, energetika vazirligi, energetika, rossiya
O‘zbekiston gaz ittifoqidan voz kechdimi? - Energetika vaziri aslida nima degan edi
14:11 08.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) O‘zbekiston gaz va elektr energiyasini qo‘shnilardan tijorat shartnomasi asosida sotib olish haqida muzokaralar olib bormoqda - vazir.
TOShKENT, 8 dek - Sputnik. O‘zbekistonda, Rossiya va Qozog‘iston gaz ittifqiga qo‘shilish uchun, sun’iy gaz taqchilligi uyushtirilayotgani yo‘q,
dedi respublika energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov. Vazirlik quyidagi axborotni Sputnik muxbiriga tasdiqladi.
"Bugungi vaziyat, tashqi faktorlarga bog‘liq bo‘lmagan holat. Taqchillik O‘zbekiston ichki iste’molining oshishi natijasida sodir bo‘ldi. Energiya iste’molining oshishi - iqtisodiyot hajmi o‘sishi, aholi soni va daromadlari oshishi natijasida sodir bo‘ldi. Ushbu ehtiyojni yetarli darajada qondira olmaganimiz – bu bizning aybimiz", - dedi vazir.
Mirzamaxmudov aytishiga ko‘ra, bugungi kunda respublikada barcha ichki resurslar safarbar qilingan, lekin qandaydir hajmda import qilishga ham ehtiyoj bor.
"Shu sababli biz bugungi kunda, qandaydir alyans yoki soyuz tuzish emas, biz qo‘shni davlatlardan tabiiy gaz va elektr energiyasini import qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayapmiz. Bunda biz milliy manfaatlardo‘an kelib chiqqan holda, o‘zimizning energiya tarmoqlarimizni kimgadir bervorish yo‘li bilan emas, tijoriy oldi-sotdi shartnomasi asosida hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilayapti", - dedi energetika vaziri.
Biroz oldin Reuters axborot agentligi va yana bir necha nashrlar "O‘zbekiston gaz ittifoqidan voz kechdi" mavzusida xabarlar tarqatgan edi.
Aytish joizki respublika rahbariyati tomonidan Rossiya va Qozog‘iston ishtirokidagi gaz ittifoqidan voz kechish haqidagi rasmiy bayonot hech qayerda e’lon qilinmagan.
Shu bilan birga, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov gaz ittifoqi bu iqtisodiy loyiha ekanini ham bir necha bor ta’kidlagan edi.