https://sputniknews.uz/20221208/myasnikovich-eoiining-yagona-ilmiy-innovatsion-makonini-shakllantirish-kerak-30587481.html
Myasnikovich: YEOIIning yagona ilmiy-innovatsion makonini shakllantirish kerak
Myasnikovich: YEOIIning yagona ilmiy-innovatsion makonini shakllantirish kerak
YEIK hayʼati raisi Mixail Myasnikovich YEOII yagona ilmiy-innovatsion makonini shakllantirishni taklif qildi. 08.12.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-12-08T17:22+0500
2022-12-08T17:22+0500
2022-12-08T17:22+0500
dunyoda
yeoii
bishkek
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1343/30/13433095_0:0:1600:901_1920x0_80_0_0_bfae544ad57ac3a16e907d247298d069.jpg
TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEIK) hayʼati raisi Mixail Myasnikovich Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YEOII) yagona ilmiy-innovatsion makonini shakllantirishni taklif qildi. Bunday taklifni u Bishkek investitsiya sammiti doirasida oʻtkazilayotgan ilmiy anjumanda bildirdi, deya xabar bermoqda Sputnik Qirgʻiziston.Myasnikovning soʻzlariga koʻra, asosli ilmiy yondashuvlar va samarali ilmiy ishlanmalar YEOIIning texnik qayta qurollanishi va innovatsion rivojlanishining asosiy bir qismi boʻlishi zarur. Bu kuchli tashqi bosimni inobatga olgan holda gʻoyat dolzarb, chunki ittifoqning ikki aʼzosi – Rossiya va Belarus – Gʻarb sanktsiyalari ostida.“Bu vaziyatda mustaqil va barqaror rivojlanish – mamlakatlarimiz iqtisodiy farovonligining garovi. Oʻylab qoʻygan ishlarni amalga oshirish uchun ilmiy sohani tartibga solish yondashuvlarni qayta koʻrib chiqish lozim”, - dedi YEIK hayʼati raisi va YEOIIning yagona ilmiy-innovatsion makonini shakllantirishni taklif qildi.Oʻzbekiston 2020 yil dekabr oyida YEOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan edi. Ittifoq 2014 yilda Rossiya, Belarus va Qozogʻiston oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015 yilda Armaniston va Qirgʻiziston aʼzo boʻlgan, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega.YEOIIning maqsadi — aʼzo davlatlar aholisining turmush darajasini yuksaltirish borasida barqaror rivojlanish uchun sharoitlar yaratish, tovarlar, xizmatlar, kapital va ish resurslarining yagona bozorini shakllantirishga harakat qilish, global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish, har tomonlama modernizatsiyalash va oʻzaro kooperatsiyani rivojlantirishdan iborat.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1343/30/13433095_176:0:1600:1068_1920x0_80_0_0_4991d182ab4e15c5a48374c8c3e240ab.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yeoii, bishkek
Myasnikovich: YEOIIning yagona ilmiy-innovatsion makonini shakllantirish kerak
YEIK hayʼati raisi Mixail Myasnikovich YEOII yagona ilmiy-innovatsion makonini shakllantirishni taklif qildi.
TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEIK) hayʼati raisi Mixail Myasnikovich Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YEOII) yagona ilmiy-innovatsion makonini shakllantirishni taklif qildi. Bunday taklifni u Bishkek investitsiya sammiti doirasida oʻtkazilayotgan ilmiy anjumanda bildirdi, deya
xabar bermoqda Sputnik Qirgʻiziston.
Myasnikovning soʻzlariga koʻra, asosli ilmiy yondashuvlar va samarali ilmiy ishlanmalar YEOIIning texnik qayta qurollanishi va innovatsion rivojlanishining asosiy bir qismi boʻlishi zarur. Bu kuchli tashqi bosimni inobatga olgan holda gʻoyat dolzarb, chunki ittifoqning ikki aʼzosi – Rossiya va Belarus – Gʻarb sanktsiyalari ostida.
“Bu vaziyatda mustaqil va barqaror rivojlanish – mamlakatlarimiz iqtisodiy farovonligining garovi. Oʻylab qoʻygan ishlarni amalga oshirish uchun ilmiy sohani tartibga solish yondashuvlarni qayta koʻrib chiqish lozim”, - dedi YEIK hayʼati raisi va YEOIIning yagona ilmiy-innovatsion makonini shakllantirishni taklif qildi.
Oʻzbekiston 2020 yil dekabr oyida YEOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan edi. Ittifoq 2014 yilda Rossiya, Belarus va Qozogʻiston oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015 yilda Armaniston va Qirgʻiziston aʼzo boʻlgan, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega.
YEOIIning maqsadi — aʼzo davlatlar aholisining turmush darajasini yuksaltirish borasida barqaror rivojlanish uchun sharoitlar yaratish, tovarlar, xizmatlar, kapital va ish resurslarining yagona bozorini shakllantirishga harakat qilish, global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish, har tomonlama modernizatsiyalash va oʻzaro kooperatsiyani rivojlantirishdan iborat.