Moskvada MDH va ShHT mudofaa vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Maksim BlinovVid na Sobor Vasiliya Blajennogo i Spasskuyu bashnyu Moskovskogo kremlya so smotrovoy ploshadki delovogo sentra Golden Gate v Moskve.
Vid na Sobor Vasiliya Blajennogo i Spasskuyu bashnyu Moskovskogo kremlya so smotrovoy ploshadki delovogo sentra Golden Gate v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2022
Obuna bo‘lish
Vazirlar xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, mudofaa sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashishadi.
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) va Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining uchrashuvi 9-dekabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Belarus Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Uchrashuvda tomonlar xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, mudofaa sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashishadi, o‘zaro manfaatli masalalarni muhokama qilishadi.
MDHga O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston a’zo. ShHTga esa Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston a’zodir.
Yangiliklar lentasi
0