https://oz.sputniknews.uz/20221208/kreml-gaz-ittifoqi-qanday-shartlarda-tashkil-qilinishini-aytdi-30587689.html
Kreml gaz ittifoqi qanday shartlarda tashkil qilinishini aytdi
Kreml gaz ittifoqi qanday shartlarda tashkil qilinishini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Peskov: Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida gaz ittifoqini yaratish bo‘yicha ishlar davom etmoqda 08.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-08T16:05+0500
2022-12-08T16:05+0500
2023-04-05T18:42+0500
iqtisod
dmitriy peskov
o‘zbekiston
gaz
gaz ittifoqi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/09/28961188_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_6e13e8051f615836285e6f9bc7b53526.jpg
TOShKENT, 8 dek - Sputnik. Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi uch tomonlama gaz ittifoqi g‘oyasi hech qanday siyosiy shartlarni nazarda tutmaydi, dedi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov. RIA Novosti xabariga asosan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi ayrim OAVlarda tarqalgan, O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘iston bilan tuziladigan gaz ittifoqidan voz kechgani haqidagi xabarlarga izoh berdi. Peskov aytishiga ko‘ra, uch tomonlama gaz ittifoqi hech qanday siyosiy shartlarni nazarda tutmaydi Peskov aytishiga ko‘ra, ushbu kelishuv ishtirokchilarining barchasi faqat o‘zlarining tijorat manfaatlari maqsadida harakat qilishini nazarda tutadi va kelishuv borasida ishlar davom etmoqda.Rossiya prezidentining matbuot kotibi, Vladimir Putin mamlakatlar gaz transporti yo‘nalishlarini belgilashda, gaz infratuzilmasini rivojlantirishda va tabiiy gazga bo‘lgan ichki ehtiyojni qondirishda o‘z harakatlarini muvofiqashtirishdan manfaatdor. O‘zaro harakatlarni muvofiqlashtirish rentabellikni oshirish va ishtirokchilarning manfaatlariga mos keladi, deb tushuntirdi. Eslatib o‘tamiz, noyabr oyining oxirida Vladimir Putin va Qosim-Jomart Toqayev uchrashuvidan so‘ng Rossiya gazini hududlar orqali tashish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston ishtirokida “uch tomonlama gaz ittifoqi” tashkil qilish taklifi haqidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi. Ushbu loyiha dastlabki bosqichda o‘zaro muvofiqlashtirish mexanizmni yaratishni nazarda tutadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/09/28961188_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_80d49e94a5bef75e3f8a8875e554b930.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, dmitriy peskov, o‘zbekiston, gaz, gaz ittifoqi, rossiya
iqtisod, dmitriy peskov, o‘zbekiston, gaz, gaz ittifoqi, rossiya
Kreml gaz ittifoqi qanday shartlarda tashkil qilinishini aytdi
16:05 08.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Peskov: Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida gaz ittifoqini yaratish bo‘yicha ishlar davom etmoqda
TOShKENT, 8 dek - Sputnik. Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi uch tomonlama gaz ittifoqi g‘oyasi hech qanday siyosiy shartlarni nazarda tutmaydi, dedi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov. RIA Novosti xabariga asosan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi ayrim OAVlarda tarqalgan, O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘iston bilan tuziladigan gaz ittifoqidan voz kechgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Peskov aytishiga ko‘ra, uch tomonlama gaz ittifoqi hech qanday siyosiy shartlarni nazarda tutmaydi
"Hech kim siyosiy shartlar evaziga gaz berish haqida gapirmayapti, bu ittifoqni yaratish g‘oyasi kontekstida ham muhokama qilinmayapti. Gap, albatta, tijorat haqida ketmoqda, biz davlatlar manfaatlari yo‘lida muvofiqlashtirish haqida gapirapmiz”, - dedi Peskov.
Peskov aytishiga ko‘ra, ushbu kelishuv ishtirokchilarining barchasi faqat o‘zlarining tijorat manfaatlari maqsadida harakat qilishini nazarda tutadi va kelishuv borasida ishlar davom etmoqda.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi, Vladimir Putin mamlakatlar gaz transporti yo‘nalishlarini belgilashda, gaz infratuzilmasini rivojlantirishda va tabiiy gazga bo‘lgan ichki ehtiyojni qondirishda o‘z harakatlarini muvofiqashtirishdan manfaatdor. O‘zaro harakatlarni muvofiqlashtirish rentabellikni oshirish va ishtirokchilarning manfaatlariga mos keladi, deb tushuntirdi.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyining oxirida Vladimir Putin va Qosim-Jomart Toqayev uchrashuvidan so‘ng Rossiya gazini hududlar orqali tashish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston ishtirokida “uch tomonlama gaz ittifoqi” tashkil qilish taklifi haqidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi. Ushbu loyiha dastlabki bosqichda o‘zaro muvofiqlashtirish mexanizmni yaratishni nazarda tutadi.