Issiqlik ta’minotida muammo yuzaga kelgan maktab vaqtinchalik yopilishi mumkin

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishOtkritie novoy shkoli v Novosibirske
Otkritie novoy shkoli v Novosibirske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2022
Obuna bo‘lish
Issiqlik ta’minoti yoki kovid bilan kasallanishlar soni ortishi - maktablarni vaqtincha yopishga asos bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Maktablarda issiqlik bilan muammo yuzaga kelsa hamda kovid bilan kasallanish holatlari ko‘paysa mahalliy hokimliklar bilan kelishgan holda o‘quvchilar bir haftalik ta’tillarga chiqarilishi mumkin. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligida o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda umumta’lim muassasalarining qish mavsumini betalofat o‘tkazish, maktablarda yuzaga kelayotgan muammoli holatlar va ularning yechimi muhokama etildi.
Qish mavsumini o‘tkazishda turli muammolarga uchrayotgan ta’lim muassasalari holatini doimiy tahlil qilish, aniqlangan masalalarni tezkor hal etish bo‘yicha shtab mas’ullariga zarur ko‘rsatmalar berildi.
Bugungi kunda mazkur yo‘nalishdagi muammolarni tezkor hal etish va nazorat qilish maqsadida har 3ta maktabga bittadan xodim mas’ul qilib biriktirilgan. Ular har kunlik ahvolidan xabardor bo‘lib, muammolarni tezkor bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.
Qayd etilishicha, qish mavsumini o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar haqidagi xabarlarni qabul qilish maqsadida Ishchi shtablarda ishonch telefonlari tashkil etilgan.
Ayrim ta’lim muassasalarida yuzaga kelgan muammo va kamchiliklarga duch kelgan ota-onalar, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasiga murojaat qilishi mumkin.
Buning uchun bosh boshqarma tomonidan telegramm boti ishga tushirilgan.
Yangiliklar lentasi
0