https://oz.sputniknews.uz/20221208/bishkekdagi-eoii-sammitida-gaz-ittifoqi-mavzusi-muhokama-qilinishi-mumkin--ushakov-30597916.html
Bishkekdagi YeOII sammitida gaz ittifoqi mavzusi muhokama qilinishi mumkin – Ushakov
Bishkekdagi YeOII sammitida gaz ittifoqi mavzusi muhokama qilinishi mumkin – Ushakov
Sputnik O‘zbekiston
Juma kuni Bishkekda YeOIIga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti o‘tkaziladi. 08.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-08T20:27+0500
2022-12-08T20:27+0500
2023-04-05T18:42+0500
iqtisod
gaz
o‘zbekiston
qozog‘iston
bishkek
yeoii
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1c/24255407_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_c7418d5b741a0ec024e55e9703bbc088.jpg
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Rossiya prezidentining xalqaro ishlar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov Bishkekda bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) sammitida Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi gaz ittifoqi mazvusi muhokama qilinishi mumkinligini istisno qilmadi.9 dekabr kuni Bishkekda YeOIIga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti o‘tkaziladi. O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan. Ittifoq 2014-yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015-yilda Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega.Eslatib o‘tamiz, noyabr oyining oxirida Vladimir Putin va Qosim-Jomart Toqayev uchrashuvidan so‘ng Rossiya gazini hududlar orqali tashish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston ishtirokida “uch tomonlama gaz ittifoqi” tashkil qilish taklifi haqidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi. Ushbu loyiha dastlabki bosqichda o‘zaro muvofiqlashtirish mexanizmni yaratishni nazarda tutadi.
https://oz.sputniknews.uz/20221202/gaz-ittifoqi-ham-ichki-ehtiyojini-qondiradi-ham-eksport-salohiyatini-oshiradi---novak-30446943.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1c/24255407_570:233:2990:2048_1920x0_80_0_0_2fbead6f73d2a7d012352bf91bb8270c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, gaz, o‘zbekiston, qozog‘iston, bishkek, yeoii, rossiya
iqtisod, gaz, o‘zbekiston, qozog‘iston, bishkek, yeoii, rossiya
Bishkekdagi YeOII sammitida gaz ittifoqi mavzusi muhokama qilinishi mumkin – Ushakov
20:27 08.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Juma kuni Bishkekda YeOIIga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti o‘tkaziladi.
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Rossiya prezidentining xalqaro ishlar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov Bishkekda bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) sammitida Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi gaz ittifoqi mazvusi muhokama qilinishi mumkinligini istisno qilmadi.
“Bu g‘oya muhokama bosqichida. Bishkekda bu mavzuga qandaydir tarzda muhokama qilinishini istisno qilmayman. O‘zbekiston tomonidan bosh vazir (Abdulla Aripov – tahr.) qatnashadi, balki, bu uchrashuv chog‘ida biror bir muloqot bo‘ladi”, - dedi Ushakov brifingda. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
9 dekabr kuni Bishkekda YeOIIga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti o‘tkaziladi. O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan. Ittifoq 2014-yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015-yilda Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyining oxirida Vladimir Putin va Qosim-Jomart Toqayev uchrashuvidan so‘ng Rossiya gazini hududlar orqali tashish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston ishtirokida “uch tomonlama gaz ittifoqi” tashkil qilish taklifi haqidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi. Ushbu loyiha dastlabki bosqichda o‘zaro muvofiqlashtirish mexanizmni yaratishni nazarda tutadi.