Toshkentdagi xalqaro turizm yarmarkasida tadbirkorlar mingdan ortiq kelishuvlarga erishishdi

© Turizm va madaniy meros vazirligi “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi
“Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Ipak yo‘lida turizm” 27-Toshkent Xalqaro Turizm Yarmarkasi yakuniga yetdi.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro turizm yarmarkasida tadbirkorlar mingdan ortiq kelishuvlarga erishishdi. Bu haqda turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Ipak yo‘lida turizm” 27-Toshkent Xalqaro Turizm Yarmarkasi yakuniga yetdi.
Yarmarkada dunyoning 30 davlatidan 300ga yaqin xorijiy kompaniya hamda firmalar ishtirok etdi. Shuningdek, Respublikaning barcha hududlari tomonidan har bir hududning turistik salohiyati hamda imkoniyatlari faol targ‘ibot qilindi.
Toshkent shahridan ham turizm sohasining ko‘plab tashkilot va korxonalari vakillari ishtirok etishdi hamda o‘z xizmatlari va mahsulotlarini targ‘ib qilib, tadbirkorlar bilan muzokaralar olib borishdi.
Poytaxt tadbirkorlari tomonidan umumiy hisobda 84,2 mln dollarlik 1 868ta kelishuvga erishildi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur yarmarka “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar zalida 30-noyabrdan 2-dekabrga qadar davom etdi. Tadbir doirasida O‘zbekiston xalq hunarmandchiligi ko‘rgazmasi ham ochildi. Bu yil TXTYa ilk bor homiylar ko‘magida o‘tkazilmoqda. Sankt-Peterburg ko‘rgazma hamkorlaridan biriga aylandi. Yarmarkada Rossiya turoperatorlari Assotsiatsiyasi, xorijiy va xalqaro sayyohlik tashkilotlari va agentliklari vakillari ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0