Sug‘urta polislarini ro‘yxatga oluvchi yagona axborot tizimi joriy etiladi - yangi qaror

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishStraxovoy polis
Straxovoy polis - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2022
Obuna bo‘lish
Hukumat qarori bilan Elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Yil yakuniga qadar sug‘urta polislarini ro‘yxatga oluvchi va ularning aylanmasini nazorat qiluvchi yagona axborot tizimi joriy etiladi. Mazkur tizm barcha sug‘urta kompaniyalarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi. Bu haqda Hukumatning 694-sonli qarori bilan tasdiqlangan tegishli nizomda nazarda tutilgan.
Nizomga ko‘ra, sug‘urtaning barcha turlari (klasslari) elektron shaklda sotiladi va rasmiylashtiriladi. Ularning haqiqiyligini tekshirish sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi yo‘li bilan sug‘urta tashkilotining axborot tizimida va internet resursida amalga oshiriladi.
Sug‘urta shartnomasini tuzish uchun sug‘urta tashkilotining axborot tizimi orqali ariza beriladi va tegishli ma’lumotlar avtomatik tarzda to‘ldiriladi.
Sug‘urta polislari ro‘yxatga olinib, ularning aylanmasi bo‘yicha monitoring olib boriladi.
Sug‘urta shartnomasi Yagona axborot tizimida ro‘yxatga olish va sug‘urta polisiga noyob raqam berish orqali tuziladi.
Hujjat bilan quyidagilar amalga oshiriladi:
2023 yil 1-martgacha ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz rasmiylashtiriladigan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma onlayn tarzda yuborilishini hamda ko‘rib chiqilishini amalga oshirish bo‘yicha yagona mobil ilova ishga tushiriladi;
2023 yil 1-iyulgacha yagona mobil ilova orqali boshqa majburiy va ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta da’volariga oid arizalar onlayn tarzda yuborilishi hamda ko‘rib chiqilishi amaliyotga joriy etiladi;
2023 yil 1-iyulgacha “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Ma’lumot uchun, prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, sug‘urtaning barcha turlari (klasslari)ni elektron shaklda amalga oshirishga ruxsat berilgan.
Yangiliklar lentasi
0