https://oz.sputniknews.uz/20221206/shavkat-mirziyoev-sadir-japarovni-tugilgan-kuni-bilan-tabrikladi-30519195.html
Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston rahbari Qirg‘iziston prezidentiga tavallud kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. 06.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-06T12:06+0500
2022-12-06T12:06+0500
2022-12-06T12:06+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
sadir japarov
qirg‘iziston
o‘zbekiston
tabrik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28232340_0:0:3045:1714_1920x0_80_0_0_4c1926b107dbfd1de742ae164d32959a.jpg
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6-dekabr kuni Qirg‘iz respublikasi prezidenti Sadir Japarovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.Tabrikda qayd etilishicha, Sadir Japarovning mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligi, Qirg‘izistonning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish yo‘lidagi faoliyati alohida e’tirofga loyiq.O‘zbekiston prezidenti Japarovning ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va birodarlik ruhidagi strategik sheriklik va har tomonlama aloqalarni keyingi yillarda sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga qo‘shgan shaxsiy hissasini alohida urg‘ulagan.Shuningdek, u Qirg‘izistonga amalga oshiriladigan oliy darajadagi tashrif, samarali muzokaralar, erishilayotgan muhim kelishuvlar qardosh o‘zbek va qirg‘iz xalqlarining umumiy manfaatlariga xizmat qilishini qayd etgan.Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Qirg‘izistonning o‘zaro hurmat va bir-birini qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan munosabatlari bundan buyon ham mustahkamlanishiga ishonch bildirgan. Shu bilan birga, davlat rahbari Japarovning tug‘ilgan kuni munosabati bilan unga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va mas’uliyatli davlat faoliyatda yangi muvaffaqiyatlar, qardosh Qirg‘iziston xalqiga esa tinchlik, farovonlik va barqaror taraqqiyot tilagan.
qirg‘iziston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28232340_106:0:2837:2048_1920x0_80_0_0_1eac6605b6a6840fc4c2c34bfda6d69b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, shavkat mirziyoyev, sadir japarov, qirg‘iziston, o‘zbekiston, tabrik
jamiyat, shavkat mirziyoyev, sadir japarov, qirg‘iziston, o‘zbekiston, tabrik
Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston rahbari Qirg‘iziston prezidentiga tavallud kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6-dekabr kuni Qirg‘iz respublikasi prezidenti Sadir Japarovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
xabar berdi.
“Tug‘ilgan kuningiz munosabati bilan samimiy tabriklarimni va eng ezgu tilaklarimni yo‘llash menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi”, - deyiladi tabrik avvalida.
Tabrikda qayd etilishicha, Sadir Japarovning mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligi, Qirg‘izistonning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish yo‘lidagi faoliyati alohida e’tirofga loyiq.
O‘zbekiston prezidenti Japarovning ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va birodarlik ruhidagi strategik sheriklik va har tomonlama aloqalarni keyingi yillarda sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga qo‘shgan shaxsiy hissasini alohida urg‘ulagan.
Shuningdek, u Qirg‘izistonga amalga oshiriladigan oliy darajadagi tashrif, samarali muzokaralar, erishilayotgan muhim kelishuvlar qardosh o‘zbek va qirg‘iz xalqlarining umumiy manfaatlariga xizmat qilishini qayd etgan.
“Ta’kidlash joizki, sizning prezidentlik davringizda ulkan amaliy sa’y-harakatlaringiz va qat’iy pozitsiyangiz tufayli favqulodda muhim bo‘lgan chegara masalalarining hal etilishi mustahkam siyosiy irodangizni yana bir bor yaqqol namoyon etdi. Sizning boshchiligingizda Qambarota gidroelektr stansiyasi, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘l liniyasi qurilishi kabi yirik mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish ham muvaffaqiyatli boshlangani bizni, ayniqsa, quvontiradi”, - deyiladi tabrikda.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Qirg‘izistonning o‘zaro hurmat va bir-birini qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan munosabatlari bundan buyon ham mustahkamlanishiga ishonch bildirgan. Shu bilan birga, davlat rahbari Japarovning tug‘ilgan kuni munosabati bilan unga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va mas’uliyatli davlat faoliyatda yangi muvaffaqiyatlar, qardosh Qirg‘iziston xalqiga esa tinchlik, farovonlik va barqaror taraqqiyot tilagan.