https://oz.sputniknews.uz/20221206/rdpuda-ozbek-madaniyati-markazi-ochildi-30526054.html
RDPUda o‘zbek madaniyati markazi ochildi
RDPUda o‘zbek madaniyati markazi ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Markaz ochilishida O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vaziri va Rossiya Maorif vaziri ishtirok etdi. 06.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-06T17:56+0500
2022-12-06T17:56+0500
2023-04-05T18:42+0500
dunyoda
o‘zbekiston
ta’lim
maktabgacha ta’lim vazirligi (mtv)
a.i.gersen nomidagi rossiya davlat pedagogika universiteti (rdpu)
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/06/30520353_0:105:2000:1230_1920x0_80_0_0_7f4f41cb22fe30a45d633d6753204754.jpg
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Rossiya Davlat pedagogika universitetida o‘zbek madaniyat markazi ochildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va Rossiya Maorif vaziri Sergey Kravsov ishtirok etdi. Bu haqda RF Maorif vazirligi xabar berdi.Rossiya Ta’lim vazirligi rahbari, shuningdek, tajriba tariqasida Rossiyaning oshpazlik san’ati bo‘yicha ixtisoslashgan bir qancha kollejlarining qiziquvchilari uchun o‘zbek oshxonasi bo‘yicha kurslar tashkil etishni taklif qildi.Ma’lumot uchun, tadbir O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligi delegatsiyasining Sankt-Peterburgga tashrifi doirasida hamda Sankt-Peterburg hukumati ko‘magida o‘tkazildi.Rossiya Maorif vaziri Sergey Kravsov 31-oktabrdan 4-noyabrgacha O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgandi. Tashrif doirasida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda Rossiya Maorif vazirligi rahbaridan tashqari O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov ishtirok etdi. Shuningdek, Sergey Kravsov Toshkentda Erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish va ta’lim bo‘yicha YuNESKOning II Butunjahon konferensiyasida nutq so‘zladi.Noyabr oyi oxirida Toshkent shahrida “Zamonaviy maktabda o‘qitish metodikasi: muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusida umumiy ta’lim muammolariga bag‘ishlangan O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi. Rossiya Maorif vazirligi Gersen universiteti bilan birgalikda A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkentdagi filiali bazasida forumni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/06/30520353_111:0:1890:1334_1920x0_80_0_0_fe505b1accd0be62a9082ad8f52feebe.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, o‘zbekiston, ta’lim, maktabgacha ta’lim vazirligi (mtv), a.i.gersen nomidagi rossiya davlat pedagogika universiteti (rdpu), rossiya
dunyoda, o‘zbekiston, ta’lim, maktabgacha ta’lim vazirligi (mtv), a.i.gersen nomidagi rossiya davlat pedagogika universiteti (rdpu), rossiya
RDPUda o‘zbek madaniyati markazi ochildi
17:56 06.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Markaz ochilishida O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vaziri va Rossiya Maorif vaziri ishtirok etdi.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Rossiya Davlat pedagogika universitetida o‘zbek madaniyat markazi ochildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va Rossiya Maorif vaziri Sergey Kravsov ishtirok etdi. Bu haqda RF Maorif vazirligi
xabar berdi.
“O‘zbekiston Respublikasi bilan tajriba almashish biz uchun juda muhim. Shuni ta’kidlashni istardimki, maktabgacha ta’limni o‘rganish Gersen universiteti devorlarida talabga ega. Insonning shakllanishi aynan shu davrdan boshlanadi. Biz yaqinda Toshkentda A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining filialini ochdik va men bunday madaniy almashinuv mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirish uchun foydali, deb hisoblayman”, - deydi Sergey Kravsov.
Rossiya Ta’lim vazirligi rahbari, shuningdek, tajriba tariqasida Rossiyaning oshpazlik san’ati bo‘yicha ixtisoslashgan bir qancha kollejlarining qiziquvchilari uchun o‘zbek oshxonasi bo‘yicha kurslar tashkil etishni taklif qildi.
“Mana shunday qisqa muddatda bu yerda Sharqning, serquyosh O‘zbekistonning ajoyib muhiti yaratildi. Biz bu makon ikki davlat yoshlarini birlashtirishini xohlardik. Bunday maskan qardosh xalqlarimizni milliy madaniyat va an’analarni singdirish orqali birlashtirishi kerak. Bu yerga kelib, qulaylik muhitiga sho‘ng‘ishingizni, do‘stlaringizni bu yerga olib kelishingizni istardim”, - deydi Agrippina Shin madaniyat markazini ocharkan.
Ma’lumot uchun, tadbir O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligi delegatsiyasining Sankt-Peterburgga tashrifi doirasida hamda Sankt-Peterburg hukumati ko‘magida o‘tkazildi.
Rossiya Maorif vaziri Sergey Kravsov 31-oktabrdan 4-noyabrgacha O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgandi. Tashrif doirasida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda Rossiya Maorif vazirligi rahbaridan tashqari O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov ishtirok etdi. Shuningdek, Sergey Kravsov Toshkentda Erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish va ta’lim bo‘yicha YuNESKOning II Butunjahon konferensiyasida nutq so‘zladi.
Noyabr oyi oxirida Toshkent shahrida “Zamonaviy maktabda o‘qitish metodikasi: muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusida umumiy ta’lim muammolariga bag‘ishlangan O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi. Rossiya Maorif vazirligi Gersen universiteti bilan birgalikda A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkentdagi filiali bazasida forumni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etdi.