Payariqdan saklarning ikki ming yillik bronza qozoni topildi

© Agentstvo kulturnogo naslediyaV Payarike naydeni dvuxtisacheletniy sakskiy bronzoviy kotel
V Payarike naydeni dvuxtisacheletniy sakskiy bronzoviy kotel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2022
Obuna bo‘lish
Noyob buyum aslida bundan 29-yil avval topilgan va xo‘jalik buyumi sifatida foydalanib kelingan.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Samarqand viloyatining Payariq tumanidan saklarning ikki ming yillik bronza qozoni topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, aslida ushbu noyob ashyo bundan 29-yil oldin topilgan. Faqat uni topib olganlar uning noyobligini bilishmagan va uy –ro‘zg‘or ishlarida foydalanib kelishgan.
Yaqinda Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi ilmiy xodimlari muzey to‘plamlarini boyitish maqsadida viloyat bo‘ylab ekspeditsiyaga chiqqan va noyob ashyoni aniqlagan. Qozonning balandligi 37 sm, og‘iz qismining diametri 52 sm.ni tashkil etadi. Qozon Yettisuv vohasi sak qabilalariga oid bo‘lib, miloddan avvalgi II-I asrlarga oiddir.
Ushbu qozon 1993-yilda Payariq tumani Muhammadi qishlog‘i fuqarosi o‘sha vaqtda maktabda direktor bo‘lib faoliyat yuritgan Anvar Shog‘dorov tomonidan Qaroqchi tog‘i va Teshiktepa arxeologik yodgorligi oralig‘idagi adirdan kanal qazish vaqtida topib olingan.
“Ushbu hududda bronza qozonlarning aniqlanishi birinchi marta emas. Qaroqchi tog‘ining Qo‘shrabot tumanidan o‘tgan qismi yon bag‘rida joylashgan Sirliboytepadan, Payariq tumanidagi Ko‘ktepa arxeologik yodgorligidan ham saklarga oid bronza qozonlar topilgan. Shuningdek, 2017-yilda Kattaqo‘rg‘on tumanining Oqtov tog‘lariga tutash Yilqihaydar qishlog‘idan ham mahalliy aholi tomonidan topilgan saklarning bronza qozoni muzey-qo‘riqxonaga topshirilgan”, - deyiladi xabarda.
Bronza qozonlar bugunga qadar Shimoliy Xitoydan to Dunay darosi bo‘yigacha bo‘lgan hududlarning deyarli barcha yerida topib o‘rganilgan bo‘lib, qozonlarni saklar, skiflar, sarmat va savromatlar kabi ko‘chmanchi qabilalarning degrez ustalari ming yillar davomida quyib kelishgan va qimmatbaho buyum sifatida qadrlashgan.
Bronza qozonlarning qo‘llanilishi borasida bir qator mutaxassislar o‘z fikrlarini bildirishgan bo‘lib, ayrim tadqiqotchilar bunday idishlarda mast qiluvchi ichimlik tayyorlash bilan bir qatorda suyuq mahsulotlar uchun ishlatilganligini qayd etishadi. Xususan, eramizdan avvalgi V asrda yashagan yunon tarixchisi Gerodot o‘zining 9 tomli “Tarix” kitobida skiflar bunday qozonlardan go‘sht pishirishda, diniy marosimlarda, qurbonlik keltirishda foydalanganini qayd etadi. Kichik bronza qozonlaridan esa isiriqdon sifatida ham foydalanilgani Oltoydagi Paziriq qo‘rg‘onidan topilgan ashyolarda o‘z aksini topgan.
Yangiliklar lentasi
0