Kompaniyalar xabarlari
Ushbu bo‘limda kompaniyalar faoliyatiga oid yangiliklari hamda turli muassasalar bilan hamkorlik doirasida yuritilayotgan loyihalar haqidagi xabarlar chop etiladi.

O‘zbekiston Xaytek xalqaro chempionatining TOP-10 taligiga kirdi

© Press-slujba Agentstva razvitiya navikov i professiyChempionat Xaytek-2022
Chempionat Xaytek-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2022
Obuna bo‘lish
Kompaniyalar xabarlari
Yildan yilga ommaviylashib borayotgan Xaytek xalqaro ko‘nikmalar musobaqasida turli davlatdan kelgan mutaxassisilar o‘zlarining kasbiy ko‘nikmalarini namoyish qilish bilan birga, bugungi kunnning eng talabgir kompetensiyalari ham namoyish etildi.
TOShKENT, 6 dek - Sputnik. Ushbu yili Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan Xaytek xalqaro chempionatida O‘zbekiston TOP-10 talikka kirdi.
Unda offlayn va onlayn formatda 16 mamlakat: Belarus, Braziliya, Gana, Misr, Zimbabve, Hindiston, Indoneziya, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Malayziya, Namibiya, Nigeriya, O‘zbekiston va JARdan kelgan konkursantlar ishtirok etdi.
Bu yili Xaytek xalqaro musobaqalarida Rossiya jihozlari va texnologiyalaridan foydalanildi. Bu Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlik qilmoqchi bo‘lgan davlatlar uchun mamlakatning texnologik imkoniyatlarini amalda namoyish etishda katta imkoniyat bo‘ldi.
Bundan tashqari, Xaytek xalqaro chempionatini o‘tkazish doirasida ilk bor Boshqaruv maktabining malaka va kasblar loyihalarini rivojlantirish laboratoriyalari ishga tushirildi. Boshqaruv maktabining ishga tushirilishi kadrlar salohiyati, taklif etiladigan tashabbuslarni amalga oshiradigan boshqaruvchi kadrlarni tayyorlash masalalarini hal qilishga yo‘naltirilgan.
Xaytek chempionati ham raqobatbardoshlik ham geografik jihatdan keng ko‘lamli bo‘lishi kutilmoqda. Unda 2024-yilda 30 mamlakatdan konkursantlar ishtirok etadi. Shu bilan birga musobaqalarda asosiy e’tibor qo‘llaniladigan kompetensiyalar va texnologiyalar doirasida hamkor mamlakatlar ittifoqini yaratish maqsadida Rossiya kompaniyalari talablariga qaratiladi.
© Akulova OlgaChempionat Xaytek-2022
Chempionat Xaytek-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2022
Chempionat Xaytek-2022
Aynan Xaytek chempionati maydoni Yangi ko‘nikma va kasblarni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik assosiatsiyasining boshlang‘ich nuqtasi bo‘ldi. Uni tashkil etish to‘g‘risida Malaka va kasb-hunarlarni rivojlantirish agentligi hamda Eron Islom respublikasining Kooperatsiya, mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligi, shuningdek, Belarus Respublikasi Respublika kasb-hunar ta’limi institutida o‘rtasida shartnoma imzolandi.
Avvalroq kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik shartnomalari Misr, Xitoy, Armaniston bilan imzolangan edi. Qirg‘iziston va O‘zbekiston ham hamkorlik qilish niyati borligini bildirgan.

Xalqaro assotsiatsiyaning bosqichlari va tamoyillari

Birinchi navbatda kompaniya vakillari bilan hamkorlik doirasida xalqaro kooperatsiya uchun qiziq va kerak bo‘lgan sohalar, yo‘nalishlar aniqlab olinadi. O‘zaro hamkorlik ishlab chiqarishni takomillashtirishga xizmat qiluvchi tashqi bozorlarda ishlab chiqilgan va joriy etilgan amaliyotlar orqali ham samaradorlikni oshirish yo‘nalishida ham, yangi xalqaro loyihalarni amalga oshirishda ham amalga oshiriladi. Masalan, yangi kooperativ loyihalarning yaratilishi individual uslublarni ishlab chiqish, mavjud bo‘lgan texnologik jarayonlarni takomillashtirish, bozorni kengaytirish, shuningdek, samaradorlikni yaxshilash masalalarini hal qilish uchun imkoniyat yaratadi.
Kompaniyalar talabini o‘rganish natijasida tajribalar xaritasi tuziladi, ilg‘or metodlarni transfer qilish bo‘yicha talab asosida hamkorlik doirasida texnologik baza shakllantiriladi.
Har bir texnologik talabga – mutaxassisga yoki yakuniy natijaga bo‘lsa ham – u yoki bu tamoyillarga ko‘ra mamlakatlar alyansini tuzish rejalashtirilmoqda. Alyans tuzishning prinsiplaridan biri - masalan, mamlakatlar o‘rtasida muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan loyiha doirasidagi ishning jihatlari yoki sifatini yaxshilash.
Yana bir tamoyil - ma’lum bir sohadagi kompaniyaning dunyo bo‘ylab muqobil mahsulotlar, xizmatlar yoki texnologiyalar qanday qo‘llanilishini o‘rganish talabi. Bunda tajriba almashish va o‘zaro hamkorlikning yangi zanjirlarini yaratish uchun ushbu sohadagi yetakchi kooperativlar bilan o‘zaro hamkorlik tashkil etiladi.
Shu bilan birga, manfaatdor sohalar bo‘yicha mamlakatlar ittifoqini tashkil etish doirasida Rossiya kompaniyalari dunyoning muayan mintaqalari bozorlariga chiqishi mumkin.
Assotsiatsiya doirasida texnologiya yoki ko‘nikmalar bo‘yicha sohaga oid manfaatdorlik xaritasi yaratiladi va har bir tarmoq uchun yangi xalqaro standartlar belgilanadi. Bu faoliyatning uchinchi bosqichi hisoblanadi.
Standartlarni aniqlashda bir tomondan, musobaqa doirasida bajarilish kerak bo‘lgan texnologik vazifalarni loyihalashtira oladigan sanoat tashkilotchilari, ikkinchi tomondan, aniq ko‘nikma va mahoratga ega bo‘lgan ekspertlar yig‘iladi. Tayyor standart, ya’ni texnik vazifa to‘rtinchi bosqichda turli maydonlarda – ishlab chiqarish ustaxonalari yoki korxonalarida sinab ko‘riladi.
Sinov natijalariga ko‘ra, ilg‘or amaliyotlar yig‘iladi va masalan, Xaytek kabi xalqaro sanoat chempionatida ko‘rsatiladi. Musobaqa natijalariga ko‘ra, ekspertlar va hamkor-mamlakatlar korxonalari vakillari ishtirokidagi konsultatsiyalarda samaradorlikni oshirish uchun ishga tushirishga tayyor bo‘lgan eng yaxshi va zamonaviy uslublar aniqlanadi.
Xalqaro assosiatsiyaning asosiy faoliyatining muhim qismi Xaytek xalqaro chempionatini o‘tkazish bo‘lib, u turli mamlakatlar turli sohalarining eng yaxshi ishlab chiqarish instrumentlari uchun ko‘rgazma vazifasini o‘taydi.

Xaytek chempionati eng yaxshi mutaxassislar va maqbul yechimlarni aniqladi

Bu yili Xaytek xalqaro chempionatida 34 ta kompetensiyada Rossiya va chet el kompaniyalaridan minglab ishtirokchilar bellashdi.
G‘olib bo‘lgan mamlakatlar TOP-9 taligiga Rossiya, Belarus, Xitoy, Gana, Qozog‘iston, Braziliya, Hindiston O‘zbekiston va JAR kirdi. Shu bilan birga, ishtirokchi mamlakatlarning har biri samarali amaliyotlar va yechimlar ishlab chiqqan. Bular milliy iqtisodiyotda qo‘l keladi.
Ishtirokchilar uchun topshiriqlar texnologik yechimlarni ishlab chiqish, import o‘rnini bosish doirasida mahalliy materiallar va jihozlarni sinovdan o‘tkazish, ishlab chiqarishni takomillashtirish va ish o‘rinlari kabi korxonalarning real talablari asosida shakllantirilgan
Ishtirokchi jamoalar va ekspertlar hamjamiyati oldida sifatni pasaytirmasdan yoki yo‘qotmasdan Rossiya uskunalari va dasturiy ta’minotidan foydalangan holda har bir kompetensiya maydonlarini jihozlash masalasi qo‘yildi.
Chempionat natijalariga ko‘ra, Rossiya kompaniyalari vakillari “ ChPU da tokarlik va frezer ishlari” “Chilangarlik texnologiyalari” va “Elektromontaj” kompetensiyalarida yuqori samaradorlikni namoyish etdi.
Boshqa mamlakatlar vakillari o‘z milliy iqtisodiyoti uchun qiziq bo‘lgan sanoat yo‘nalishlarida ishladi. Masalan, o‘zbekistonlik ishtirokchilar “Informatsion xavfsizlik” kompetensiyasi bo‘yicha samarali yechimlar topgan bo‘lsa, Braziliya, Xitoy va Hindistondan kelgan ishtirokchilar “SAD muhandislik dizayni”, “Sanoat robototexnikasi”, “Informatsion xavfsizlikning ichki xatarida korporativ himoya” kompetensiyalarida ilg‘or ko‘nikmalarni namoyon etishdi.
Belaruslik ishtirokchilar Rossiya-Belarus korxonalari bilan birgalikda “Aloqa magistral liniyalari. Qurilish va VOLP ishga tushirish” kompetensiyalarida topshiriqlar bajarishdi.
HAMKORLIK LOYIHASI
Yangiliklar lentasi
0