Mahalliy yoʻnalishlarda qoʻshimcha poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyiladi
Andijondan Xiva, Termiz va Qoʻngʻirotga qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar qatnaydi.
TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Mahalliyyoʻnalishlarda qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” xabar berdi.
Qayd etilishicha, qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar harakati ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, mahalliy va xorijiy turistlarning temir yoʻl tashuvlariga boʻlgan talablarini qondirish maqsadida yoʻlga qoʻyildi.
Temir yoʻl qatnovlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
"Andijon — Xiva — Andijon" yoʻnalishi:
126-sonli "Andijon — Xiva" yoʻnalishi 12 dekabrdan boshlab har kuni harakatlanadi: Andijon 08:28 — Xiva 06:58;
125-sonli "Xiva — Andijon" yoʻnalishi 13 dekabrdan boshlab har kuni harakatlanadi: Xiva 08:28 — Andijon 06:56.
"Andijon — Termiz — Andijon" yoʻnalishi:
129-sonli "Termiz — Andijon" yoʻnalishi 12 dekabrdan boshlab, haftaning har dushanba, chorshanba, juma va shanba kunlari harakatlanadi: Termiz 15:25 — Andijon 12:56;
130-sonli "Andijon —Termiz" yoʻnalishi 13 dekabrdan boshlab, haftaning har seshanba, payshanba, juma va yakshanba kunlari harakatlanadi: Andijon 14:28 — Termiz 11:27.
"Qoʻngʻirot — Andijon — Qoʻngʻirot" yoʻnalishi:
128-sonli "Andijon — Qoʻngʻirot" yoʻnalishi 11 dekabrdan boshlab haftaning har yakshanba va chorshanba kunlari harakatlanadi: Andijon 15:52 — Namangan 17:57 — Qoʻngʻirot 18:22;
127 sonli "Qoʻngʻirot — Andijon" yoʻnalishi 13 dekabrdan boshlab har seshanba va shanba kunlari harakatlanadi: Qoʻngʻirot 09:33 — Namangan 10:18 — Andijon 12:27.
Maʼlumot uchun, sovuq hamda qorli kunlarda poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida barcha temir yoʻl uchastkalarida nazorat yanada kuchaytirildi.
“Toshkent mintaqaviy temir yoʻl uzeli” unitar korxonasiga qarashli barcha stantsiyalar, yoʻl masofasi, aloqa, elektr taʼminot korxonalari ishchi xodimlari tomonidan, ana shunday sovuq hamda qorli kunlarda poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash uchun kecha-yu kunduz ish olib borilmoqda.
© Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi

1/3
© Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi
© Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi

2/3
© Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi
© Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi

3/3
© Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi