“Golos.Deti”: o‘zbekistonlik yosh ijrochi shoudagi raqiblari va azaliy orzusi bilan o‘rtoqlashdi

© Iz lichnogo arxiva Firdavsa AvezovaUchastnik shou "Golos. Deti" Firdavs Avezov
Uchastnik shou Golos. Deti Firdavs Avezov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik Firdavs Avezov Rossiyaning Birinchi telekanalida namoyish etiladigan “Golos.Deti” vokal teleshousida ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Rossiyaning Birinchi telekanalida namoyish etiladigan “Golos.Deti” vokal teleshousida o‘zbekistonlik 13 yoshli Firdavs Avezov ishtirok etadi. Yosh ijrochi bilan bog‘langan Sputnik muxbiri ma’lum qilishicha, Firdavs qo‘shiq kuylashni 4 yoshidan boshlagan.
Firdavs Avezov V.A.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida o‘qiydi. U violonchel chaladi va yirik xalqaro musiqa maydonlarda ham chiqish qilgan masalan, Central Asia Got Talent ili "Slavanskiy bazar" teleko‘rsatuvida ishtirok etgan.

"Golos. Deti loyihasida ishtirok etish mening azaliy orzuim edi. Bolaligimdan bu tanlovda qatnashishni juda xohlardim. Loyihada menga birinchi navbatda raqiblar yoqdi. "Hammasi zo‘r bolalar", - deydi yosh musiqachi.

Firdavsning so‘zlariga ko‘ra, uni eng ko‘p Maykl Jekson ijodi ilhomlantiradi.
"Golos. Deti" vokal shousi uch oy davomida suratga olindi. Rossiya televideniyesining Birinchi kanalida 10-mavsumning premyerasi 9-dekabrga rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Firdavs Avezov 2009-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Fransiya, Turkiya, Rossiya va MDH mamlakatlarida o‘tkazilgan bir qator respublika va xalqaro musobaqalar g‘olibi sanaladi.
2022 yil Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan “Oltin feniks” tanlovida pop-vokal yo‘nalishida birinchi o‘rin va alohida Gran-priga sazovor bo‘lgan. Mazkur tanlov xar yili ishtirokchilarning ijodiy yutuqlari va tajribalarini almashish va eng iqtidorli bolalalrni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0