Yevropa va AQSh o‘rtasidagi okean kengayib, chuqurlashib bormoqda
22:37 06.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023)
© Sputnik / Aleksey VitviskiyFlagi SShA i YeS, arxivnoe foto
© Sputnik / Aleksey Vitviskiy
Obuna bo‘lish
Yevropa va AQsh o‘rtasida iqtisodiy urush boshlanishi yaqin. Har holda Yevropaning sabri va resurslari tugab bormoqda. AQSh esa eski dunning so‘nggi tomchi qonini ham so‘rib olishga tayyor.
Har qanday talaba Yevroosiyo va Shimoliy Amerika qit’alarini Atlantika okeani ajratib turishini biladi. Majoziy ma’noda gapiradigan bo‘lsak, bugungi kunda Yevropa va Qo‘shma Shtatlar ham ikkiga bo‘lingan, faqat ularning geografik chegarasidan farqli o‘laroq, ittifoqchilar o‘rtasidagi geosiyosiy tubsizlik asta-sekin chuqurrlashib va kengayib bormoqda. Emmanuel Makron CBS News telekanalida so‘zlagan nutqida G‘arb dunyosining ikki markazi o‘rtasidagi munosabatlarning allaqachon yaqqol ko‘rinib qolgan yoqimsiz jihatini aytdi.
Fransiya prezidenti, xususan, Brussel va Vashingtonning Ukraina masalasida (ya’ni Rossiyaga qarshi) mutlaqo birdamlik pozitsiyasi borligini, ammo ittifoqchilarning bugungi holati umuman bir xil emasligini aytdi. Makron hozirgi kun tartibidagi eng og‘riqli masalalar, ya’ni energiya inqirozi va energiya narxlarini nazarda tutdi. Sanksiyalarni qo‘llash va Rossiya energiya resurslarini o‘z-o‘zini cheklash bo‘yicha barcha talablarni tirishqoqlik bilan bajargan Yevropa endi ancha zaif va qaram holatda.
Bir yil oldin, masalan, Rossiya neftining Yevropa Ittifoqi energiya balansidagi ulushi 30 foizdan ortiq edi, ya’ni tankerdan Yevropa omoborlariga quyiladigan har uchinchi barrel Rossiyadan edi. Ayni paytda xom rus neftining ulushi 21 foizga kamaydi, ammo, aftidan, barcha sanksiyalar va urinishlarga qaramay, Rossiya qora oltini Yevropa ta’minotida hali ham beshdan bir qismini tashkil qiladi.
Tabiiy gaz bilan ham xuddi shunday holat. Bundan roppa-rosa bir yil avval quvurlar va gaz tashuvchilar Yevropa Ittifoqiga 200 milliard kub metrdan ortiq yoqilg‘i yetkazib bergan, bu umumiy iste’molning qariyb 40 foizini tashkil qilgan. Titanik harakatlar va moliyaviy yo‘qotishlar evaziga Yevropa joriy yilning ikkinchi choragida bu ko‘rsatkichni 23 foizga kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi.
Keling hammasini batafsil hisoblaylik: asosiy xaridorga yetkazib berishning bunday keskin qisqarishi - albatta Rossiya uchun ham qiyinchiliklar keltirib chiqardi va mahalliy Gazpromga zarar keltirdi. Buning bevosita oqibati gaz ishlab chiqarishning pasayishi va Sharqqa logistika burilish bo‘ldi. Be yerda ham sezilarli xarajatlar va qiyinchiliklar mavjud. Ammo Rossiya va Yevropa o‘rtasida asosiy farq bor - bu bizning ichki bozorimizning to‘liq ta’minlangani, hududlarni gazlashtirish davlat hisobidan jadal sur’atlar bilan amalga oshirilayotgani, yuqori daromadga ega bo‘lmagan fuqarolar ham gazdan foydalanishi uchun imkoniyat mavjudligi.
Yevropada esa - vaziyat mutlavo teskari. Tez o‘sib borayotgan oziq-ovqat savati narxi, to‘xtovsiz ishlayotgan Brusseldagi Yevro bosmaxonasi - oxir oqibat inflyatsiya darajasini oshirmoqda. Ammo asosiy muammo bu - yoqilg‘i resurslarning kuchli tanqisligi. Chunki Rossiyaning o‘rnini bosish aslida juda qiyin bo‘lib chiqdi.
Suyultirilgan gazning asosiy yetkazib beruvchisi Qatar ishlab chiqarishni qariyb uchdan biriga, yiliga 110 million tonnagacha oshirmoqda, biroq bu o‘sishning asosiy ulushini Xitoyga yetkazib berish bo‘yicha allaqachon shartnoma tuzilgan.
Yirik neft eksportchisi bo‘lgan Saudiya Arabistoni yaqinda Jo Bayden bilan shaxsiy do‘stligini ochiqchasiga rad etib, Amerika ichki va tashqi siyosiy kun tartibi foydasiga ishlab chiqarishni ko‘paytirishdan bosh tortdi. Kechagina Rossiya neftiga narx chegarasi joriy qilingan masxarabozlikdan so‘ng, saudiyaliklar asosiy skripkalardan birini o‘ynaydigan OPEK mamlakatlari moliyaviy yo‘qotishlarni qoplash uchun ishlab chiqarishni yanada qisqartirishga qaror qilishdi.
Bu yerda, albatta, aytish kerakki, OPEK va arab neftchilari bunday qarorga Moskva oldidagi ittifoqchilik burchi bajarish uchun qilmagan. Hammasi ancha oddiy. Hozirda Ukrainada yodgorliklari ommaviy ravishda vayron qilinayotgan dunyoga mashhur adabiyot dahosi bundan 200-yil avval shunday yozgan edi: “Uning misoli boshqalarga uchun ilmdir” (Yego primer drugim nauka).
Bu ibora neft qazib oluvchi mamlakatlar rahbarlarining kayfiyatni juda yaxshi tasvirlaydi. Kim bilan gegemon bu safar AQSh siyosatchilari va kinochilari "yomon bola" roliga qaysi davlatni tanlaydi.
Vashington va mustaqilligini yo‘qotgan Brusselning harakatlari bundan buyon avvalgi bozor qoidalari amal qilmaydi, mutlaq qaroqchilik va talonchilik usullari qo‘llaniladi.
Shu yerda biz Emmanuel Makron bilan suhbatga qaytamiz.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida neft va gaz bilan to‘liq ta’minlangan Qo‘shma Shtatlar Yevropaga asosiy resurslar yetkazib beruvchiga aylandi. Hajmida emas, tanqidiyligida. Rossiya import kanalini yo‘qotgan Yevropa Ittifoqi xorijdan neft va gaz sotib olish uchun tishlarini g‘ijirlatib, ba’zida qo‘shimcha tankerlar yoki gaz tashuvchilarni so‘raydi.
Aynan shu narsa haqida Fransiya prezidenti hech qanday diplomatik xijolat bo‘lmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirmoqda. Bu holat dekabrdan ancha oldin ma’lum edi. Bu haqda ko‘plab rossiyalik va bir qancha ayniqsa jasur G‘arb tahlilchilari yozib, Yevropa tanlangan yo‘ldan borib, muqarrar ravishda tashqi qaramlik ilgagiga tushib qolishidan ogohlantirgan edilar.
Biroq, amaliyot shuni ko‘rsatadiki, G‘arbning zamonaviy siyosiy rahbarlari raqamlar, mantiq va isbotlangan hamkorlik zanjirlariga emas, balki Rossiya biroz kuchliroq, boyroq bo‘lishi mumkin emas, degan umiddan kelib chiqadigan o‘tkinchi istaklari va vahima xurujlariga ko‘proq asoslanib qaror qabul qilishar ekan.
Keng e’lon qilingan G‘arb birdamligi barcha jabhalarda darz ketmoqda ketmoqda va yashirish qiyin bo‘lgan muammolar to‘plami ko‘paymoqda. Yevropa endi chindan ham qutulishga harakat qilmayapti.
Makronning televideniyedagi chiqishi bilan deyarli bir vaqtda Yevropa komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uning rahbari Ursula fon der Lyayen ortiqcha mubolag‘asiz Yevropa AQSh bilan savdo urushiga tayyor bo‘lishi kerak, dedi. Chunki Amerika inflyatsiyani pasaytirish to‘g‘risidagi qonunni amalga oshirish doirasida allaqachon yevropalik yirik ishlab chiqaruvchilarni ochiqchasiga o‘ziga ag‘dirib olmoqda. Vashington ularni imtiyozli energiya manbaalari bilan jalb qilmoqda. Vaholanki AQShning o‘zi biroz oldin Brusselni aynan ushbu imtiyozlarni korpratsiyalarga taqdim etishdan voz kechishga ko‘ndirgan edi.
Umuman olganda, g‘arbiy qo‘shnilarimizning bundau o‘zaro tortishuvlarini tomosha qilish qiziq. Hammasi xuddi "Brilliantovaya ruka" filmidagidek. Betakror Andrey Mironov o‘zining jinoiy boshlig‘iga telefon qilib: "Shef, hammasi tamom bo‘ldi! Gips olib tashlandi, mijoz ketmoqda!" deganidagidek. Bugun o‘sha jinoyatchilar o‘rnida Yevropa rahbarlari - ularning asosiy soliq to‘lovchilari sekin-asta chemodanlarni yig‘ishmoqda.
Umid qilamizki, fon der Lyayen xonim aytgan savdo urushi bir kuni boshlanadi va biz uni issiq uylarda o‘tirib miriqib tomosha qilamiz.