https://oz.sputniknews.uz/20221206/besh-viloyatda-ettita-yangi-tsement-zavodi-ishga-tushirildi-30529354.html
Besh viloyatda yettita yangi sement zavodi ishga tushirildi
Besh viloyatda yettita yangi sement zavodi ishga tushirildi
Sputnik O‘zbekiston
2022-2023 yillarda 8 viloyatda 12 viloyatda yangi sement zavodlari ishga tushirilishi rejalashtirilgan. 06.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-06T20:17+0500
2022-12-06T20:17+0500
2022-12-06T20:17+0500
sement
eksport
import
qurilish
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1185/86/11858612_357:684:2782:2048_1920x0_80_0_0_1de78d34984e53137b95806361b3cfc4.jpg
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Andijon, Navoiy, Namangan, Qashqadaryo va Farg‘ona 2022-yilda yillik quvvati 6,8 mln. tonnaga teng 7 ta yangi sement ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi va respublika bo‘yicha quvvat 27,1 mln.tonnaga yetdi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi matbuot xizmati rahbari Jamshid Shermetov ma’lum qildi.2022 yilda markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan ob’ektlar qurilishiga o‘rtacha birja kotirovka narxlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha 60 ming tonna sement xarid qilingan. O‘tgan 3 chorakda birja savdolarida bir tonna portland sement o‘rtacha 583 ming (QQS bilan) so‘mdan sotilgan.Ma’lumotlarga ko‘ra, shu yilning o‘tgan davrida 1,9 mln tonna sement import qilingan. 2022-yilning o‘tgan 10 oy davrida 9,5 mln. dollarlik sement eksport qilindi. Birja savdolari orqali 6 mln 37 ming tonna sement sotilishi ta’minlangan.2022 yilda “Qizilqumsement” AJ tomonidan umumiy qiymati 137 mln dollar bo‘lgan yillik quvvati 1 mln 800 ming tonna klinker ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, “Rash milk”, “Namangansement” (II-bosqich), “Qarshi konchi sement”, “Farg'ona Yasin qurilish mollari” (2-bosqich), “Shaffof sement sanoati” va “Jahon Yevro Servis” MChJ kabi sement ishlab chiqarish loyihalari o‘z faoliyatini boshladi.Bundan tashqari, 2022-2023 yillarda sement ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshiriladigan investitsion loyihalarning manzilli ro‘yxatiga ko‘ra Andijon viloyatida 2 ta, Jizzax viloyatida 1 ta, Qashqadaryo viloyatida 1 ta, Navoiy viloyatida 1 ta, Namangan viloyatida 2 ta, Samarqandda 2 ta, Toshkent viloyatida 1 ta, Farg‘ona viloyatida esa 2 ta yangi sement zavodlari barpo etish rejalashtirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1185/86/11858612_204:0:2935:2048_1920x0_80_0_0_81cac0512f9cc3ebbe8bb643ec7d4e97.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sement, eksport, import, qurilish, iqtisod
sement, eksport, import, qurilish, iqtisod
Besh viloyatda yettita yangi sement zavodi ishga tushirildi
2022-2023 yillarda 8 viloyatda 12 viloyatda yangi sement zavodlari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Andijon, Navoiy, Namangan, Qashqadaryo va Farg‘ona 2022-yilda yillik quvvati 6,8 mln. tonnaga teng 7 ta yangi sement ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi va respublika bo‘yicha quvvat 27,1 mln.tonnaga yetdi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi matbuot xizmati rahbari Jamshid Shermetov
ma’lum qildi. Uyushmas vakiliga ko‘ra, respublika bo‘yicha 2022-yilda jami sement ishlab chiqarish hajmi 15,2 mln tonnani tashkil etishi va o‘tgan yilga (14,2 mln tonna) nisbatan 7 foizga o‘sish ta’minlanishi kutilmoqda.
2022 yilda markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan ob’ektlar qurilishiga o‘rtacha birja kotirovka narxlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha 60 ming tonna sement xarid qilingan. O‘tgan 3 chorakda birja savdolarida bir tonna portland sement o‘rtacha 583 ming (QQS bilan) so‘mdan sotilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shu yilning o‘tgan davrida 1,9 mln tonna sement import qilingan. 2022-yilning o‘tgan 10 oy davrida 9,5 mln. dollarlik sement eksport qilindi. Birja savdolari orqali 6 mln 37 ming tonna sement sotilishi ta’minlangan.
2022 yilda “Qizilqumsement” AJ tomonidan umumiy qiymati 137 mln dollar bo‘lgan yillik quvvati 1 mln 800 ming tonna klinker ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, “Rash milk”, “Namangansement” (II-bosqich), “Qarshi konchi sement”, “Farg'ona Yasin qurilish mollari” (2-bosqich), “Shaffof sement sanoati” va “Jahon Yevro Servis” MChJ kabi sement ishlab chiqarish loyihalari o‘z faoliyatini boshladi.
Bundan tashqari, 2022-2023 yillarda sement ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshiriladigan investitsion loyihalarning manzilli ro‘yxatiga ko‘ra Andijon viloyatida 2 ta, Jizzax viloyatida 1 ta, Qashqadaryo viloyatida 1 ta, Navoiy viloyatida 1 ta, Namangan viloyatida 2 ta, Samarqandda 2 ta, Toshkent viloyatida 1 ta, Farg‘ona viloyatida esa 2 ta yangi sement zavodlari barpo etish rejalashtirilgan.