https://oz.sputniknews.uz/20221206/benzin-etarli-narxlar-oshirilmagan---energetika-vazirligi-30515961.html
Benzin yetarli, narxlar oshirilmagan - Energetika vazirligi
Benzin yetarli, narxlar oshirilmagan - Energetika vazirligi
Sputnik O‘zbekiston
Energetika vazirligi AYoQShlarda barcha turdagi benzin yetarli ekanini va uning narxi oshirilmaganini ma’lum qildi. 06.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-06T13:20+0500
2022-12-06T13:20+0500
2022-12-06T13:20+0500
benzin
benzin narxi
iqtisod
ayoqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/19/23552048_0:100:1921:1180_1920x0_80_0_0_5d3601c0bf85cac5e0bab4aded53f276.jpg
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi avtomobil yoqilg‘i quyish shaxobchalarida barcha markali avtobenzin yetarli va ularning narxi oshirilmagan - Energetika vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda benzin narxi oshirilishi yuzasidan tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda “AI-80 rusumli benzin yo‘q deb qimmat benzinlarni sotishayotgan ekan” mazmunidagi xabarlar e’lon qilinmoqda.“Bugungi kunda respublika neftni qayta ishlash zavodlarida sutkasida 4 000 tonnadan avtobenzin ishlab chiqarilib, birja savdolari orqali iste’molchilar ehtiyojlari uchun yo‘naltirilmoqda”, deyiladi xabarda.Shu bilan birga, xususiy tadbirkorlar tomonidan qo‘shimcha avtobenzin importi amalga oshirilmoqda. Joriy yil boshidan bir oyda o‘rtacha 10 ming tonna avtobenzin import qilinmoqda.Bundan tashqari, xom-ashyo importi hajmlarini oshirish hisobiga avtobenzin ishlab chiqarish va birja savdolariga qo‘yib borilayotgan avtobenzin hajmlarini oshirish choralari ko‘rilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/19/23552048_106:0:1813:1280_1920x0_80_0_0_50bdda597fa0496c83e37dbd6941daa2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
benzin, benzin narxi, iqtisod, ayoqsh
benzin, benzin narxi, iqtisod, ayoqsh
Benzin yetarli, narxlar oshirilmagan - Energetika vazirligi
Energetika vazirligi AYoQShlarda barcha turdagi benzin yetarli ekanini va uning narxi oshirilmaganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi avtomobil yoqilg‘i quyish shaxobchalarida barcha markali avtobenzin yetarli va ularning narxi oshirilmagan - Energetika vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda benzin narxi oshirilishi yuzasidan tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat
bildirdi. Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda “AI-80 rusumli benzin yo‘q deb qimmat benzinlarni sotishayotgan ekan” mazmunidagi xabarlar e’lon qilinmoqda.
Hozirgi kunda “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi AYoQShlarda AI-80 rusumli avtobenzinning narxi oshirilmagan va uning 1 litri 6 800 so‘mligicha saqlanib qolmoqda. Shuningdek, AI-92 markali avtobenzin 9500 so‘mdan va AI-95 markali avtobenzin 10 500 so‘mdan sotilmoqda. Barcha turdagi avtobenzin zaxirasi ham yetarli, - deyilgan xabarada.
“Bugungi kunda respublika neftni qayta ishlash zavodlarida sutkasida 4 000 tonnadan avtobenzin ishlab chiqarilib, birja savdolari orqali iste’molchilar ehtiyojlari uchun yo‘naltirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, xususiy tadbirkorlar tomonidan qo‘shimcha avtobenzin importi amalga oshirilmoqda. Joriy yil boshidan bir oyda o‘rtacha 10 ming tonna avtobenzin import qilinmoqda.
Bundan tashqari, xom-ashyo importi hajmlarini oshirish hisobiga avtobenzin ishlab chiqarish va birja savdolariga qo‘yib borilayotgan avtobenzin hajmlarini oshirish choralari ko‘rilmoqda.