Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

AQSh Kiyevdan yashirincha HIMARS masofasini qisqartirgan – OAV

© FOTO U.S. Marine Corps / Sgt. Andy MartinezRaketno-artilleriyskaya sistema operativno-takticheskogo naznacheniya HIMARS
Raketno-artilleriyskaya sistema operativno-takticheskogo naznacheniya HIMARS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2022
Obuna bo‘lish
AQSh Kiyev Rossiya hududiga zarba berolmasligi uchun o‘zi berayotgan texnikalar tuzilmasini o‘zgartirgan.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. AQSh Ukrainaga topshirilgan HIMARS yalpi reaktiv hujum tizimlari (YaRHT) parametrlarini Kiyev Rossiya hududiga zarba bermasligi uchun o‘zgartirgan. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

“AQSh rasmiylariga ko‘ra, Ukrainaga berilgan HIMARS qurilmalarining parametrlari, Kiyev uzoq masofali raketalar yordamida Rossiya hududiga zarba berishda foydalanmasligi uchun, yashirincha o‘zgartirgan”, - deyiladi maqolada.

Materialda qayd etilishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati ushbu ehtiyot chorasi Moskva bilan ziddiyatning yanada kuchayishi xavfini kamaytirish uchun zarur, deb hisoblaydi.
AQSh Ukrainaga berilgan YaRHTlarning tuzilishini shunday o‘zgartirganki, ular uzoq masofaga uchuvchi raketalarni, shum jumladan uchish masofasi 300 kilometrdan ortiq bo‘lgan ATACMS raketalarini ham uchira olmaydi, deya ta’kidlagan nashr.
Qo‘shma Shtatlar ilgari Ukrainaga bunday raketalarni berishni rasman rad etgan bo‘lsa-da, kiritilgan o‘zgartirishlar, hatto Kiyev boshqa kanallar orqali bunday raketalarni olishga muvaffaq bo‘lgan taqdirda ham, HIMARS’dan ularni uchirish uchun foydalanib bo‘lmasligini ta’minlaydi, deb yozadi WSJ.
Yangiliklar lentasi
0