Zas: Yevroosiyodagi xavfsizlik Ukrainadagi maxsus operatsiya natijasiga bog‘liq bo‘ladi

© Sputnik / Aram NersesyanGeneralniy sekretar ODKB Stanislav Zas na press-konferensii po itogam ocherednogo zasedaniya sekretarey Sovbeza ODKB (17 iyunya 2022). Yerevan
Generalniy sekretar ODKB Stanislav Zas na press-konferensii po itogam ocherednogo zasedaniya sekretarey Sovbeza ODKB (17 iyunya 2022). Yerevan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2022
Obuna bo‘lish
KXShT bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, Sharqiy Yevropa mintaqasida keskinlik o‘sib borayotgani qayd etilmoqda.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Sharqiy Yevropa va butun Yevroosiyodagi xavfsizli Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi natijasi va uning yakunlariga ko‘ra erishilgan kelishuvlarga bog‘liq bo‘ladi. Bu haqda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) bosh kotibi Stanislav Zas tashkilotning Moskvadagi Parlament assambleyasi majlisida ma’lum qildi.

“Butun Sharqiy Yevropa mintaqasi va umuman Yevroosiyo hududidagi xavfsizlik holati, balki, xalqaro xavfsizlikning butun arxitekturasi ko‘p jihatdan maxsus harbiy operatsiya natijasi va uning yakuniga ko‘ra erishilgan sulh kelishuvlariga bog‘liq bo‘ladi”, - dedi Zas.

U Sharqiy Yevropa mintaqasida keskinlik o‘sib borayotgani qayd etilayotganini ta’kidladi.
“Albatta, butun mintaqani harbiylashtirish kuzatilmoqda”, - dedi KXShT bosh kotibi.
Avvalroq Stanislav Zas NATOning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi mojaroning kengayishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidlagandi.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Yangiliklar lentasi
0