https://oz.sputniknews.uz/20221205/yaidxpda-kop-yillik-daraxtlarga-bolgan-huquqni-royxatdan-otkazish-xizmati-ishga-tushdi-30495781.html
YaIDXPda ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati ishga tushdi
YaIDXPda ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati ishga tushdi
Sputnik O‘zbekiston
Mazkur davlat xizmatidan jismoniy yoki yuridik shaxslar birdek foydalanishi mumkin. 05.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-05T14:58+0500
2022-12-05T14:58+0500
2022-12-05T14:58+0500
jamiyat
yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0e/15996895_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_7d683a2b5b7e53a4fd5d341ea1241de5.jpg
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmati ishga tushirildi. Bu haqda portal matbuot xizmati ma’lumot berdi.Endi fuqarolar my.gov.uz orqali ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqlarni masofadan turib davlat ro‘yxatidan o‘tkazish imkoniyatiga ega.Buning uchun jismoniy yoki yuridik shaxs:Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatni ilova qiladi.Xizmat ko‘rsatish muddati murojaat turiga qarab, 2-5 kunni tashkil qiladi. Xizmat narxi BHMning 1 baravari (hozir 300 ming so‘m) va har 1 gektar dov-daraxtlar bilan egallangan yer uchastkasi uchun BHMning 7 foizi miqdorida.Mazkur jarayon ko‘p yillik dov-daraxtlarning turlari, soni va ular egallagan maydon to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga kiritilishi orqali amalga oshiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0e/15996895_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_efb3eaa1ad21ac157dcfa0d512df938d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
jamiyat, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
YaIDXPda ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati ishga tushdi
Mazkur davlat xizmatidan jismoniy yoki yuridik shaxslar birdek foydalanishi mumkin.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmati ishga tushirildi. Bu haqda portal matbuot xizmati ma’lumot
berdi.
Endi fuqarolar my.gov.uz orqali ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqlarni masofadan turib davlat ro‘yxatidan o‘tkazish imkoniyatiga ega.
Buning uchun jismoniy yoki yuridik shaxs:
my.gov.uz da ro‘yxatdan o‘tadi;
“Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish”
xizmatini tanlaydi;
Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatni ilova qiladi.
Xizmat ko‘rsatish muddati murojaat turiga qarab, 2-5 kunni tashkil qiladi. Xizmat narxi BHMning 1 baravari (hozir 300 ming so‘m) va har 1 gektar dov-daraxtlar bilan egallangan yer uchastkasi uchun BHMning 7 foizi miqdorida.
Mazkur jarayon ko‘p yillik dov-daraxtlarning turlari, soni va ular egallagan maydon to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga kiritilishi orqali amalga oshiriladi.