Volodin: AQShning harbiy-biologik faoliyati butun insoniyatga tahdid soladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishVacheslav Volodin
Vacheslav Volodin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Davlat dumasi raisining so‘zlariga ko‘ra, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun birgalikda chora-tadbir ishlab chiqish muhim.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Vashingtonning harbiy-biologik faoliyati butun insoniyat uchun tahdiddir. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) Parlament assambleyasi majlisida ma’lum qildi.

“Vashingtonning harbiy-biologik faoliyati butun insoniyat uchun tahdiddir. Hamkasblar, fuqarolarimizning xavfsizligini ta’minlash uchun birgalikda chora-tadbir ishlab chiqishimiz muhim”, - dedi Volodin. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Rossiya Davlat dumasi raisi rossiyalik mutaxassislar Ukraina hududida AQShning harbiy-biologik faoliyati faktlarini aniqlashganini eslatdi.
“Shuningdek, AQSh tomonidan Kimoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqarish va to‘plash to‘g‘risidagi konvensiya buzilishi tasdiqlangan. Vashington va uning malaylari mamlakatimiz tomonidan ishlab chiqilgan bu jinoyatlarni surishtirish uchun komissiya tuzish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilishini kutilganidek bloklashdi”, - dedi u va “ularning yashirishga molik bo‘lgan biror narsalari bo‘lsa kerak” deb taxmin qildi.
G‘arb biolaboratoriyalar faoliyatiga oid surishtiruvlardan qo‘rqadi – Polyanskiy

Mavzuga oid:

Kichik Bush Ukrainada Amerika biolaboratoriyalari borligini tasdiqladi
AQSh biolaboratoriyalarining maqsadi - biomaterial yig‘ish - Putin
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada biologik qurol yaratilayotganini ma’lum qildi
Yangiliklar lentasi
0