https://oz.sputniknews.uz/20221205/toshkentdagi-barcha-gaz-zapravkalar-vaqtincha-yopiladi-30484765.html
Toshkentdagi barcha gaz "zapravkalar" vaqtincha yopiladi
Toshkentdagi barcha gaz "zapravkalar" vaqtincha yopiladi
Respublikada havo harorati keskin sovushi munosabati bilan, ayrim hududlarda gaz va issiqlik taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda, resurslar yetishmayapti. 05.12.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-12-05T07:59+0500
2022-12-05T07:59+0500
2022-12-05T09:47+0500
jamiyat
zapravka
gaz
ayoqsh
issiqlik taʼminoti
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/11/26261870_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_b6d5d0fe9559d7f68a58b7bf94fa384c.jpg
TOSHKENT, 5 dek — Sputnik. Toshkentdagi barcha gaz "zapravkalar" vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi maʼlum kildi.Qayd etilishicha, ob-havo harorati keskin pasaygani sababli, shahrimizning ayrim hududlarida gaz va issiqlik taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda. Kommunal xizmatlar mavjud gaz zaxirasini barcha isteʼmolchilar orasida teng taqsimlashga urinishiga qaramay, resurslar yetishmayapti.Shahar maʼmuriyati muammolarni bartaraf etish ustida kunu tun 24 soat ishlamoqda, kommunal soha xodimlari esa ishlarini yuqori shaylik rejimida davom ettirmoqda.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/11/26261870_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_52f4cbf555f5ccf4455d86e50bed28cd.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
zapravka, gaz, ayoqsh, issiqlik taʼminoti
zapravka, gaz, ayoqsh, issiqlik taʼminoti
Toshkentdagi barcha gaz "zapravkalar" vaqtincha yopiladi
07:59 05.12.2022 (yangilandi: 09:47 05.12.2022) Respublikada havo harorati keskin sovushi munosabati bilan, ayrim hududlarda gaz va issiqlik taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda, resurslar yetishmayapti.
TOSHKENT, 5 dek — Sputnik. Toshkentdagi barcha gaz "zapravkalar" vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi maʼlum kildi.
Qayd etilishicha, ob-havo harorati keskin pasaygani sababli, shahrimizning ayrim hududlarida gaz va issiqlik taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda. Kommunal xizmatlar mavjud gaz zaxirasini barcha isteʼmolchilar orasida teng taqsimlashga urinishiga qaramay, resurslar yetishmayapti.
"Iloji boricha koʻproq xonadonlarni gaz va issiqlik bilan taʼminlash maqsadida, jamoat transport vositalariga xizmat koʻrsatadigan shohobchalardan tashqari, qolgan barcha avtomobillarga gaz quyish shohobchalari vaqtinchalik yopilmoqda", deyiladi xabarda.
Shahar maʼmuriyati muammolarni bartaraf etish ustida kunu tun 24 soat ishlamoqda, kommunal soha xodimlari esa ishlarini yuqori shaylik rejimida davom ettirmoqda.