Toshkent yer usti metrosi bekatlariga nom berish jarayoni boshlandi

© O‘zbekiston temir yo‘llari Metropoliten
Metropoliten - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentda geografik obyektlar va yer usti metrosi bekatlariga nom berish bo‘yicha jamoatchilik fikrini yig‘ish va ovozga qo‘yish uchun veb-sahifa ishga tushirildi.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Toshkent yer usti metrosi bekatlariga nom berish jarayoni boshlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti maxsus saytni (geonom.tashkent.uz) sinov tariqasida ishga tushirgan.
© Toshkent shahar hokimligiToshkent yer usti metrosi bekatlariga nom berish bo‘yicha veb-sahifa ishga tushirildi
Toshkent yer usti metrosi bekatlariga nom berish bo‘yicha  veb-sahifa ishga tushirildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2022
Toshkent yer usti metrosi bekatlariga nom berish bo‘yicha veb-sahifa ishga tushirildi
Mazkur saytdan 18 yoshga to‘lgan va poytaxtda doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar ro‘yxatdan o‘tib, yangi geografik obyektlarni nomlash va mavjudlarini qayta nomlashda ishtirok etishi mumkin.
Xabarda metropoliten yer usti liniyasining Do‘stlik-Qo‘yliq va Olmazor-Sergeli yo‘nalishlaridagi 19 ta bekatga nom berish jarayonida faol ishtirok etish so‘ralgan.
Takliflarni kiritishda quyidagilarni e’tiborga olish lozim:
geografik obyektga eng xos bo‘lgan belgilarni aks ettirishi;
joylashgan yerdagi geografik obyektlar nomlarining mavjud tizimiga mos tushishi;
mahalliy aholining geografik, tarixiy, milliy, etnik, tilga oid va boshqa xususiyatlarini hisobga olishi;
universal va qisqa – ko‘pi bilan uchta so‘zdan iborat bo‘lishi.
“Saytda aholining takliflari yig‘iladi. Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, tarixchilar, filologlar, o‘lkashunos, toponimist, blogerlar hamda tegishli faoliyat sohalarida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan ekspertlardan iborat Ishchi guruh kelib tushgan takliflardan har bir bekat uchun 3 tadan nomni tanlab oladi va bu nomlar onlayn ovoz berishga qo‘yiladi”, deyiladi xabarda.
Takliflar 5-dekabrdan 11-dekabrgacha qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent yer usti metrosining Qo‘yliq va Sergeli yo‘nalishlaridagi 19 ta bekatga qanday nom berish bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.
Keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar ustida ishlash maqsadida ishchi guruh tashkil qilingan bo‘lib, unda mazkur masalaga mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan bir qatorda, olimlar, tarixchilar, filologlar, o‘lkashunos, blogerlar, toponimika sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar taklif etilgan.
Yangiliklar lentasi
0