Toshkent avtovokzalidan shaharlararo avtobuslar harakati qayta tiklandi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy avtovokzal Yujnie Vorota v Moskve
Mejdunarodniy avtovokzal Yujnie Vorota v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2022
Obuna bo‘lish
Hozirda ob-havo noqulayliklari tufayli avtobuslar harakati to‘xtab qolmasligi uchun barcha choralar ko‘rilmoqda.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Toshkent avtovokzalidan shaharlararo avtobuslar harakati qayta tiklandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ayni damda Toshkent avtovokzalidan shaharlararo avtobuslar harakati belgilangan jadval asosida amalga oshirilmoqda. Ob-havo noqulayliklari tufayli avtobuslar harakati to‘xtab qolmasligi uchun barcha choralar ko‘rilmoqda.
Xabarda aytilishicha, avtobuslar qatnovi harakat jadvali to‘g‘risidagi ma’lumotlar kundalik berib boriladi.
Bugungi qatnovlar ro‘yxati va chipta narxlari:
15:00 | Toshkent – Urgench chipta narxi 155 000 so‘m
16:00 | Toshkent – Qorako‘l 95 000 so‘m
17:00 | Toshkent – Uzun 135 000 so‘m
18:00 | Toshkent – Buxoro 89 000 so‘m
18:00 | Toshkent – Termiz 119 000 so‘m
18:30 | Toshkent – Xiva 155 000 so‘m
18:30 | Toshkent – Denov 125 000 so‘m
19:00 | Toshkent – Termiz 119 000 so‘m
19:30 | Toshkent – Buxoro 89 000 so‘m
20:30 | Toshkent – Buxoro 89 000 so‘m
Ma’lumot uchun, chiptalarni "Toshkent" avtovokzali chiptaxonalaridan hamda avtoticket.uz yagona interaktiv axborot portali orqali onlayn tarzda sotib olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bugun kunning birinchi yarmida avtobuslar harakati yo‘llarda yuzaga kelgan muzlamalar sababli yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida bekor qilingandi.
Yangiliklar lentasi
0