https://oz.sputniknews.uz/20221205/sitora-farmonova-mdh-kinofestivalida-eng-yaxshi-aktrisa-mukofotini-oldi-30486189.html
Sitora Farmonova MDH kinofestivalida "Eng yaxshi aktrisa" mukofotini oldi
Sitora Farmonova MDH kinofestivalida "Eng yaxshi aktrisa" mukofotini oldi
Sputnik O‘zbekiston
“Tengiz” badiiy filmida bir ayolning hayoti, uning atrofidagilar va turmush tarzi haqida hikoya qilinadi. Bundan tashqari, filmda qoraqalpoq xalqining... 05.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-05T10:29+0500
2022-12-05T10:29+0500
2022-12-05T10:29+0500
madaniyat
film
festival
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/05/30486386_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_aec373628836f9a6c7ec810e33347449.png
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik aktrisa Sitora Farmonova “Moskva premyerasi” 4-MDH kinofestivalida nufuzli mukofot bilan taqdirlandi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.Hamdo‘stlik mamlakatlarining “Moskva premyerasi” (Moskovskaya premyera) xalqaro kinofestivalida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan rejissor Mansur Abduxoliqov tomonidan suratga olingan “Tengiz” badiiy filmi “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida mukofot bilan taqdirlandi.Mazkur filmda bir ayolning hayoti, uning atrofidagilar va turmush tarzi haqida hikoya qilinadi. Bundan tashqari, filmda qoraqalpoq xalqining urf-odatlari, madaniyati, Orol dengizining taqdiri, mo‘ynoqliklar ichki kechinmalari ifodalangan.Ushbu film, asosan, Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq shahrida istiqomat qiluvchi Manzura Yerniyozova va uning jasoratiga bag‘ishlanadi. Filmda badiiy to‘qimalar mavjud. Lekin film sujetiga bu ayolning tushkunlikka tushmay tikuvchilikni o‘rganib, tadbirkorga aylangani, yoshlarga ibrat bo‘layotgani, iroda va matonati asos qilib olingan.Film ssenariyi mualliflari G‘afur Shermuhammad va Shuhrat Rizayev, postanovkachi operator — Dilmurod Turdiboyev.Filmda bosh rollarni Sitora Farmonova, Ko‘pjursin Allanazarov, Roza Piyazova, Feruza Saidova, Lizaxon Haqnazarova va boshqalar ijro etishgan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur festivalda o‘zbek rejissori Qamara Kamalova xalqaro kinematografiya hamkorligiga qo‘shgan hissasi uchun faxriy mukofot bilan taqdirlangan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/05/30486386_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_6bdede9353d01763c2d6fe684090c6c6.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, film, festival
madaniyat, film, festival
Sitora Farmonova MDH kinofestivalida "Eng yaxshi aktrisa" mukofotini oldi
“Tengiz” badiiy filmida bir ayolning hayoti, uning atrofidagilar va turmush tarzi haqida hikoya qilinadi. Bundan tashqari, filmda qoraqalpoq xalqining urf-odatlari, madaniyati, Orol dengizining taqdiri, mo‘ynoqliklar ichki kechinmalari ifodalangan.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik aktrisa Sitora Farmonova “Moskva premyerasi” 4-MDH kinofestivalida nufuzli mukofot bilan taqdirlandi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar
berdi. Hamdo‘stlik mamlakatlarining “Moskva premyerasi” (Moskovskaya premyera) xalqaro kinofestivalida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan rejissor Mansur Abduxoliqov tomonidan suratga olingan “Tengiz” badiiy filmi “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida mukofot bilan taqdirlandi.
Mazkur filmda bir ayolning hayoti, uning atrofidagilar va turmush tarzi haqida hikoya qilinadi. Bundan tashqari, filmda qoraqalpoq xalqining urf-odatlari, madaniyati, Orol dengizining taqdiri, mo‘ynoqliklar ichki kechinmalari ifodalangan.
Ushbu film, asosan, Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq shahrida istiqomat qiluvchi Manzura Yerniyozova va uning jasoratiga bag‘ishlanadi. Filmda badiiy to‘qimalar mavjud. Lekin film sujetiga bu ayolning tushkunlikka tushmay tikuvchilikni o‘rganib, tadbirkorga aylangani, yoshlarga ibrat bo‘layotgani, iroda va matonati asos qilib olingan.
“Baxtsiz hodisa tufayli o‘ng oyoq-qo‘lidan ajralgan Tengiz ismli kelinning bir zumda to‘kis ko‘ringan baxtidan ayrilishi haqidagi voqea bilan boshlansa, filmda kelgusi sahnalar ancha ko‘tarinki tus oladi. To‘g‘ri, u sevgan yoridan, baxtidan voz kechadi, lekin o‘zining tirishqoqligi va mehnati tufayli yana hayotga qaytadi”, deyiladi xabarda.
Film ssenariyi mualliflari G‘afur Shermuhammad va Shuhrat Rizayev, postanovkachi operator — Dilmurod Turdiboyev.
Filmda bosh rollarni Sitora Farmonova, Ko‘pjursin Allanazarov, Roza Piyazova, Feruza Saidova, Lizaxon Haqnazarova va boshqalar ijro etishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur festivalda o‘zbek rejissori Qamara Kamalova xalqaro kinematografiya hamkorligiga qo‘shgan hissasi uchun faxriy mukofot bilan taqdirlangan
edi.