Rossiya neftiga nisbatan yuqori narx chegarasi kuchga kirdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPredpriyatie OOO RN-Purneftegaz v Yamalo-Neneskom avtonomnom okruge
Predpriyatie OOO RN-Purneftegaz v Yamalo-Neneskom avtonomnom okruge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2022
Obuna bo‘lish
Bugun 5-dekabrdan boshlab YeI va G7 davlatlari tomonidan Rossiya neftiga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar kuchga kirdi.
TOShKENT, 5 dek - Sputnik. Bugundan boshlab Yevropa Ittifoqining Rossiya neftiga nisbatan embargosi ​​kuchga kiradi. Cheklovlar dengiz orqali yetkazib berilayotgan Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini belgilaydi, RIA Novosti xabariga asosan.
Yevropa Ittifoqi, G7 davlatlari va Avstraliya Rossiyadan ishlab chiqarilgan va dengiz orqali eksport qilinayotgan neftning har barreli uchun eng yuqori narx chegarasini 60 dollar miqdorida cheklashga kelishib olishdi. Neft mahsulotlari uchun yuqori chegara narxi 5-fevraldan kuchga kiradi.
Shu kunga qadar, Rossiya Yevropaga neftning asosiy yetkazib beruvchilardan biri bo‘lib, u qit’aning xom ashyoga bo‘lgan ehtiyojining qariyb 20 foizini qoplab kelayotgan edi. Yezda Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan oltinchi sanksiyalar paketini qabul qildi. Unda u 5-dekabrdan boshlab Rossiya neftining yuqori chegarasini belgilash va bosqichma-bosqich boshqa cheklov choralari to‘g‘risida kelishib oldi.
Shu bilan birga, ushbu cheklov shartlari o‘zgartirilishi mumkin. Birinchi ana shunda imkoniyat yanvar oyining o‘rtalarida paydo bo‘ladi. O‘zgarishlar kiritilgan taqdirda ularni Yevropa Ittifoqining barcha a’zolarining bir ovozdan qaror qabul qilishlari kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb davlatlarining navbatdagi sanksiyasini izohlar ekan, Rossiya, avvalombor, o‘z manfaatlariga va bozor tamoyillarig zid ravishda xorijga hech narsa yetkazib bermasligi haqida ogohlantirgan edi.

Tomonlar munosabati

Kecha OPEK+ alyansi kuni kecha, 4-dekabr kuni navbatdagi yig‘ilishni o‘tkazdi va unda neft qazib olish bo‘yicha mavjud kvotalar saqlab qolishi (oshirmasligi) to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
OPEK+ davlatlaridan hali hech kim neft kelishuvi taqdiri bilan bog‘liq holda Moskvaga qo‘yilgan yangi cheklovlarga izoh bermadi. Ammo oktabr oyi boshida Saudiya Arabistoni Energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon alyans embargo va narx chegarasi bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘lishini bilmasligini, bu choralarni kim qo‘llab-quvvatlashi va bozor bunga qanday munosabat bildirishi ma’lum emasligini aytdi.
Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak, o‘z navbatida, neft narxining yuqori chegarasini joriy qilishni taqiqlash mexanizmlari ishlab chiqilishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Moskva kerak bo‘lsa, ishlab chiqarishni qisqartirishga tayyor. Vazirning qo‘shimcha qilishicha, G‘arb o‘z cheklovlari bilan bozor mexanizmlariga aralashmoqda, Moskva esa faqat bozor shartlarida ishlashga tayyor bo‘lgan iste’molchilarga neft yetkazib berishga tayyor.
Brussel bu masalaga, albatta, o‘ziga xos reaksiya bildirdi. U yerda yuqor lavozimli amaldorning xulosasiga ko‘ra, Rossiya neftiga yuqor chegara kiritish bozorlarni va inflyatsiyani barqarorlashtiradi hamda Rossiya neftini bozor narxidan arzon yetkazib berish imkoniyatini yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh boshchiligida G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Rossiya eksporti sohasi, bank va boshqa sohalariga nisbatan keskin sanksiyalar joriy etildi. Lekin o‘tgan vaqt davomida ular ketilgan natijaga olib kelmadi, rubl qulamadi, Rossiya iqtisodiyoti barbod bo‘lmadi. Yevropa va AQShda esa sanksiyalar oqibatida elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshdi.
Prezident Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va cheklovlar butun dunyo iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi - dunyoda millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
Yangiliklar lentasi
0