https://oz.sputniknews.uz/20221205/rossiya-30502326.html
Rossiya neftiga yuqori narx o‘rnatgan G‘arbga javob hozirlayapti
Rossiya neftiga yuqori narx o‘rnatgan G‘arbga javob hozirlayapti
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Yevropa ittifoqi tomonidan neft uchun o‘rnatilgan yuqori narxni tan olmaydi. 05.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-05T18:55+0500
2022-12-05T18:55+0500
2023-04-05T18:42+0500
neft
kreml
dmitriy peskov
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1e/28679368_0:198:2939:1851_1920x0_80_0_0_63230adb9d762a4feaea54ffb74394ed.jpg
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Moskva Yevropa ittifoqining Rossiya neftini yetkazib berishga qo‘ygan embargosiga va G‘arbda uning narxining yuqori chegarasi joriy etilishiga javob tayyorlamoqda. Moskva “hech qanday yuqori narxni tan olmaydi”, deb Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda RIA Novosti.Peskov AQShning “yuqori narx” haqida qarorlar qabul qilingandan keyin “hech narsa o‘zgarmaydi” degan bayonotlariga ham izoh bergan.Ma’lumot o‘rnida, 5-dekabr kuni Rossiya neftini Yevropa Ittifoqiga dengiz orqali yetkazib berishga embargo kuchga kirdi. Yevropa Ittifoqi davlatlari 2-dekabrda, shuningdek, dengiz orqali yetkazib beriladigan Rossiya neftining barreliga sozlanishi mumkin bo‘lgan yuqori narxni ham kelishib oldilar. Xuddi shunday qaror G7 davlatlari va Avstraliya tomonidan ham qabul qilindi.Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak, o‘z navbatida, neft narxining yuqori chegarasini joriy qilishni taqiqlash mexanizmlari ishlab chiqilishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Moskva kerak bo‘lsa, ishlab chiqarishni qisqartirishga tayyor. Vazirning qo‘shimcha qilishicha, G‘arb o‘z cheklovlari bilan bozor mexanizmlariga aralashmoqda, Moskva esa faqat bozor shartlarida ishlashga tayyor bo‘lgan iste’molchilarga neft yetkazib berishga tayyor.Eslatib o‘tamiz, Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh boshchiligida G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Rossiya eksporti sohasi, bank va boshqa sohalariga nisbatan keskin sanksiyalar joriy etildi. Lekin o‘tgan vaqt davomida ular ketilgan natijaga olib kelmadi, rubl qulamadi, Rossiya iqtisodiyoti barbod bo‘lmadi. Yevropa va AQShda esa sanksiyalar oqibatida elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshdi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va cheklovlar butun dunyo iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi - dunyoda millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1e/28679368_105:0:2834:2047_1920x0_80_0_0_429d930a87ab25a656ffb6ad534268f7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
neft, kreml, dmitriy peskov, rossiya
neft, kreml, dmitriy peskov, rossiya
Rossiya neftiga yuqori narx o‘rnatgan G‘arbga javob hozirlayapti
18:55 05.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Rossiya Yevropa ittifoqi tomonidan neft uchun o‘rnatilgan yuqori narxni tan olmaydi.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Moskva Yevropa ittifoqining Rossiya neftini yetkazib berishga qo‘ygan embargosiga va G‘arbda uning narxining yuqori chegarasi joriy etilishiga javob tayyorlamoqda. Moskva “hech qanday yuqori narxni tan olmaydi”, deb Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlaridan iqtibos
keltirmoqda RIA Novosti.
“Qaror tayyorlanyapti. Bir narsa aniq – biz hech qanday yuqori narxni tan olmaymix”, - degan Kreml vakili YeIga javob choralari qachon e’lon qilinadi degan savolga javoban.
Peskov AQShning “yuqori narx” haqida qarorlar qabul qilingandan keyin “hech narsa o‘zgarmaydi” degan bayonotlariga ham izoh bergan.
“O‘zgaradi. Bir narsa aniq va shubhasiz: bu qarorlarning qabul qilinishi jahon energetika bozorlarini beqarorlashtirishga qaratilgan qadamdir”, - deydi Kreml vakili.
Ma’lumot o‘rnida, 5-dekabr kuni Rossiya neftini Yevropa Ittifoqiga dengiz orqali yetkazib berishga embargo
kuchga kirdi. Yevropa Ittifoqi davlatlari 2-dekabrda, shuningdek, dengiz orqali yetkazib beriladigan Rossiya neftining barreliga sozlanishi mumkin bo‘lgan yuqori narxni ham kelishib oldilar. Xuddi shunday qaror G7 davlatlari va Avstraliya tomonidan ham qabul qilindi.
Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak, o‘z navbatida, neft narxining yuqori chegarasini joriy qilishni taqiqlash mexanizmlari ishlab chiqilishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Moskva kerak bo‘lsa, ishlab chiqarishni qisqartirishga tayyor. Vazirning qo‘shimcha qilishicha, G‘arb o‘z cheklovlari bilan bozor mexanizmlariga aralashmoqda, Moskva esa faqat bozor shartlarida ishlashga tayyor bo‘lgan iste’molchilarga neft yetkazib berishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh boshchiligida G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Rossiya eksporti sohasi, bank va boshqa sohalariga nisbatan keskin sanksiyalar joriy etildi. Lekin o‘tgan vaqt davomida ular ketilgan natijaga olib kelmadi, rubl qulamadi, Rossiya iqtisodiyoti barbod bo‘lmadi. Yevropa va AQShda esa sanksiyalar oqibatida elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va cheklovlar butun dunyo iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi - dunyoda millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.