Qutqaruvchilar tog‘li hududlarda og‘ir ahvolga tushib qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatishdi

© Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2022
Obuna bo‘lish
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan dengiz sathidan 1700 metr balandlikka chiqqan sayohatchiga yordam ko‘rsatildi - tafsilotlar.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida og‘ir ahvolga tushib qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 4 dekab kuni 3 nafar fuqaro Xo‘jakent qishlog‘i hududida joylashgan tog‘larga chiqish maqsadida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga borishgan.
Dengiz sathidan 1700 metr balandlikda sayohatchilardan birining sog‘lig‘i keskin yomonlashib qoladi. O‘zlari pastga tusha olmay, Toshkent viloyati FVBdan amaliy yordam so‘ragan.
Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan va sayohatchilarni pastga tushirishgan.
© Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2022
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani
Qayd etilishicha, ularning ahvoli yaxshi bo‘lganligi sababli kasalxonaga yotqizilmagan.
Yangiliklar lentasi
0