https://oz.sputniknews.uz/20221205/ozbekiston-madaniy-meros-kodeksi-muhokamaga-qoyildi-30487345.html
O‘zbekiston Madaniy meros kodeksi muhokamaga qo‘yildi
O‘zbekiston Madaniy meros kodeksi muhokamaga qo‘yildi
Sputnik O‘zbekiston
Kodeksning maqsadi madaniy meros sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat 05.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-05T14:18+0500
2022-12-05T14:18+0500
2022-12-05T14:18+0500
madaniyat
madaniy boyliklar
loyiha
turizm va madaniy meros vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/10/25362247_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_9036e1c0e32dadb2dc6f47984173a926.jpg
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros kodeksi” ishlab chiqildi va muhokama uchun e’lon qilindi. Hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirildi.Kodeksning maqsadi madaniy meros sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Hujjat 7 bo‘lim va 175 moddadan iborat.Yangi qonun loyihasiga moddiy va nomoddiy madaniy meros, diqqatga sazovor joylar, yodgorliklar, ansambllar, muzey fondining davlat reyestri kabi tushunchalar kiritilmoqda. Shuningdek, tarixiy, ilmiy-badiiy yoki boshqa madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘char ashyolar, shuningdek, davlat tomonidan moddiy madaniy meros sifatida muhofazaga olingan nusxalar madaniy boyliklar hisoblanadi.Hujjatga ko‘ra, madaniy meros sohasidagi davlat boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi, Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi, Madaniyat vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zarxiv” agentligi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Hujjat muhokamasi 16-dekabrgacha davom etadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/10/25362247_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_d6e60cf230a46909543d230f4c5ff384.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, madaniy boyliklar, loyiha, turizm va madaniy meros vazirligi
madaniyat, madaniy boyliklar, loyiha, turizm va madaniy meros vazirligi
O‘zbekiston Madaniy meros kodeksi muhokamaga qo‘yildi
Kodeksning maqsadi madaniy meros sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros kodeksi” ishlab chiqildi va muhokama uchun e’lon qilindi. Hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirildi.
Kodeksning maqsadi madaniy meros sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Hujjat 7 bo‘lim va 175 moddadan iborat.
Yangi kodeks loyihasi - madaniy meros sohasidagi asosiy tushunchalar va prinsiplar, merosning turlari va toifalari hamda ushbu sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Yangi qonun loyihasiga moddiy va nomoddiy madaniy meros, diqqatga sazovor joylar, yodgorliklar, ansambllar, muzey fondining davlat reyestri kabi tushunchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, tarixiy, ilmiy-badiiy yoki boshqa madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘char ashyolar, shuningdek, davlat tomonidan moddiy madaniy meros sifatida muhofazaga olingan nusxalar madaniy boyliklar hisoblanadi.
Hujjatga ko‘ra, madaniy meros sohasidagi davlat boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi, Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi, Madaniyat vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zarxiv” agentligi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjat muhokamasi 16-dekabrgacha davom etadi.