Bugun yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi - O‘zgidromet

© SputnikTashkent
Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zgidromet bugun ob-havo qanday bo‘lishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarga qor yog‘adi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati -3 daraja sovuq +2 daraja iliq, shimolda -4-9 daraja sovuq bo‘ladi.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Kunduzi harorat -1-3 daraja sovuq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0