OAV: Ukraina tufayli Germaniyaning ikki kunlik jangga yetadigan qurol-yarog‘ zaxirasi qolgan

© AP Photo / Michael SohnSoldati nemeskogo bundesvera, arxivnoe foto
Soldati nemeskogo bundesvera, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2022
Obuna bo‘lish
Mutaxassisning fikricha, Ukrainadagi mojaro va Ukraina armiyasiga qurol-yarog‘ yetkazib berilayotgani sabab butun Yevropa bo‘ylab omborlarda qurol-yarog‘lar zaxirasi bitib bormoqda.
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Germaniya bundesveri omborlaridagi qurol-yarog‘ zaxirasi ikki kunlik jadal janglar uchun yetadi. Bu haqda Germaniya bo‘yicha ekspert Oliver Mudi “Times Radio” efirida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi mojaro va Ukraina armiyasiga qurol-yarog‘ yetkazib berilayotgani sabab butun Yevropa bo‘ylab omborlarda qurol-yarog‘lar zaxirasi bitib bormoqda. Ammo bu muammo Germaniyada o‘tkir sezilmoqda, chunki mamlakat ko‘p yillardan buyon Qurolli kuchlarni moliyalashtirishni qisqartirish siyosatini yuritayotgandi.
Mutaxassisning aniqlik kiritishicha, endi Berlin NATOning minimal talablariga mos keluvchi arsenalini qayta tiklashi uchun kamida 20 milliard dollar sarflashi kerak bo‘ladi.
Mudi zarurat tug‘ilgan paytda bundesverning ikki kunlik faol harbiy harakatlarga yetadigan qurol-yarog‘i va o‘q-dori zaxirasi qolganini qo‘shimcha qildi.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning yakuniy maqsadini Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratish deb atadi.
Buning ortidan G‘arb davlatlari Kiyevga qurol yetkazib berishda davom etmoqda. Moskva G‘arb qurollarini yetkazib berish faqat mojaroni uzaytirishini, qurol-yarog‘ tashish esa Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0