Indoneziyada Semeru vulqoni otildi - video

© Sputnik / Aditya Sutanta / Mediabankka o‘tishIzverjenie vulkana Sinabung v Indonezii
Izverjenie vulkana Sinabung v Indonezii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2022
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, vulqon 1,5 ming metr balandlikka kul va tutun ustunini uloqtirgan.
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Bugun Indoneziyaning Sharqiy Yava provinsiyasida (Yava oroli) Semeru vulqoni otildi. Bu haqda Indoneziya tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish milliy agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, vulqon 1,5 ming metr balandlikka kul va tutun ustunini uloqtirgan. Vulqonga 5 kilometrdan yaqinroq yaqinlashish taqiqlangan. Otilishning oqibatlari haqida ma’lumot berilmagan.
Shu bilan birga, Yaponiya Milliy meteorologiya boshqarmasi hozirda sunami xavfi tufayli olingan ma’lumotlarni o‘rganayotgani haqida ogohlantirdi. Qayd etilishicha, agar bu sodir bo‘lsa, to‘lqinlar Okinava janubiy prefekturasidagi chekka orollarga yetib borishi mumkin.
Semeru vulqoni bundan roppa-rosa bir yil avval - 4-dekabr kuni otilgan. Uning oqibatida 50 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Semeru - Yava orolidagi eng baland cho‘qqi. Indoneziyada 130 ga yaqin faol vulqon mavjud.
Yangiliklar lentasi
0