Tojik-qirg‘iz chegarasida aholi o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi

© Sputnik / Amir Isayev / Mediabankka o‘tishStrani mira. Tadjikistan
Strani mira. Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2022
Obuna bo‘lish
Hozirda 20 yoshli jabrlanuvchi mahalliy shifoxonada.
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida yana tartibsizlik sodir bo‘ldi. Bu haqda SputnikTj muxbiriga Isfara shahridagi “Chorkuh” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Laysiddin Yusupov ma’lumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 10:45 da chegaradosh Somoniyon va Ko‘ktosh qishloqlari aholisi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
“To‘qnashuv Ko‘ktoshning bir guruh aholisi o‘tib ketayotgan Somoniyonda yashovchi fuqaroga tosh otishi natijasida yuzaga kelgan. Natijada u bosh qismidan jarohat olgan”, deydi Yusupov.
Tojikiston qishlog‘ining boshqa aholisi ham mojaroga qo‘shilgan, qirg‘izlar ularga ov miltig‘idan to‘rt marta o‘q uzgan.
Hozirda 20 yoshli jabrlanuvchi mahalliy shifoxonada.
Voqea joyiga ikki davlat chegaradosh qishloqlarining mahalliy chegarachilari yetib kelgan va muzokaralar olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, Tojikiston va Qirg‘iziston chegaralarni demarkatsiya qilish masalasi bo‘yicha muntazam faol muzokaralar olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0