Rossiya 2023-yilda O‘zbekistonning qaysi sohalariga investitsiya kiritadi – video

Obuna bo‘lish
Samarqandda bo‘lib o‘tgan Rossiya-O‘zbekiston biznes forumi yakunlarini Sputnik muxbiri iqtisodchi Aleksey Zubes bilan muhokama qildi.
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. 1-2 dekabr kunlari Samarqandda O‘zbekiston-Rossiya biznes forumi bo‘lib o‘tdi, unda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Tatariston rahbari Rustam Minnixanov va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalarining umumiy hajmi 13 milliard dollardan oshganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori, iqtisod fanlari doktori Aleksey Zubes Sputnik muxbiri Alina Niyazbakiyevaga Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar faollashgani hisobga olinsa, kelasi yilda Rossiya investitsiyalari soni yana oshishi mumkin yoki mumkin emasligi haqida gapirdi.
“Hozir rossiyalik investorlarning potensial qiziqish doirasi keskin oshib bormoqda, chunki Rossiyani qiziqtirishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha loyihalarning butun bir to‘plami mavjud. Shu munosabat bilan investitsiyalar ko‘p karra oshishi kerak, chunki O‘zbekiston Rossiya uchun import o‘rnini bosish va iqtisodiyotning yangi tarmoqlarini yaratishda asosiy hamkorlardan biriga aylanishi mumkin”, deya ta’kidladi ekspert.
Rossiya va O‘zbekiston ishtirokidagi yagona iqtisodiy makon qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin? Ikki davlatning mustaqil moliyaviy va to‘lov infratuzilmasichi? Shu va boshqa savollarga javob olish uchun Sputnik muxbiri bilan suhbatni tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0