Madaniy meros agentligi: 2023-yilda 58 ta obyekt restavratsiya qilinadi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishLyudi na territorii kompleksa Shaxi Zinda v Samarkande.
Lyudi na territorii kompleksa Shaxi Zinda v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2022
Obuna bo‘lish
Kelasi yili restavratsiya qilinadigan madaniy meros obyektlari ro‘yxati shakllantirilib, loyihalarni tayyorlash boshlangan.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan 2023-yilda madaniy meros obyektlarini saqlab qolish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilgan. AOKAda o‘tkazilgan brifingda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati rahbari Mohinur Imomova kelasi yili 58 ta madaniy meros obyekti restavratsiya qilinishini aytdi.
Qayd etilishicha, Madaniy meros agentligi ishchi guruhi tomonidan hududlardagi madaniy meros obyektlari holati va muammolari o‘rganilib ro‘yxat shakllantirildi va uch toifa (avariya, ta’mirtalab va qoniqarli holat)ga ajratilgan.
“2023 yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda madaniy meros obyektlarini restavratsiya, konservatsiya qilish hamda obodonlashtirish bo‘yicha loyihalar ro‘yxati shakllantirildi”, - deydi Imomova.
Unga ko‘ra, 2023-yil davomida asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan 58 ta madaniy meros obyektining manzilli ro‘yxati tasdiqlanib, ularni restavratsiya qilish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Madaniy meros obyektlarida davlat nazoratini olib borish yuzasidan 2208 ta obyektda monitoring o‘tkazilgan.
Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy ekspert kengashi tomonidan 2022-yil davomida 564 ta loyiha ko‘rib chiqilib, ularning 473 tasi ma’qullangan, 91 tasi rad etilgan.
Madaniy meros agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan ta tarixiy-madaniy ekspertiza xulosalari o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilib, 1407 ta tarixiy-madaniy ekspertiza xulosalarini agentlikning Ilmiy-ekspert kengashida ko‘rib chiqish uchun xulosa berilgan.
Hozirgi kunda mahalliy hokimliklar tomonidan jami 629 ta obyektni Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari Milliy ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha taklif berilgan. Mazkur obyektlarning madaniy qimmati va tarixiyligi o‘rganib chiqilmoqda.
Ta’kidlanishicha, 2022-yilda ISESCO (Xalqaro Islom tashkiloti) tomonidan Buxoro shahrida joylashgan 7 ta madaniy meros obyekti Butun jahon Islom olami durdonalari ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi tomonidan Buxoro shahridagi Ark qal’asi Jome masjidini va Farg‘ona viloyati Rishton tumanida joylashgan Burxoniddin Al-Marg‘iloniy maqbarasini restavratsiya qilish bo‘yicha bitim imzolangan.
Yangiliklar lentasi
0