Farhod Mahmudovning mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

© SputnikMaster-klass zaslujennogo artista Rossii Farxada Maxmudova v filiale VGIK v Tashkente.
Master-klass zaslujennogo artista Rossii Farxada Maxmudova v filiale VGIK v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2022
Obuna bo‘lish
Aktor K.Stanislavskiyning san’at maktabi, aktorlik mahoratini oshirishda teatr sahnasi va kino pavilonida ishlash prinsiplari, rejissura, rassom bilan ishlash sirlari haqida so‘zladi.
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Butunrossiya davlat kinematografiya institutining (VGIK) Toshkent filialida Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Mahmudovning ilk mahorat darsi o‘tkazildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Aktor auditoriyada K.Stanislavskiyning san’at maktabi, aktorlik mahoratini oshirishda teatr sahnasi va kino pavilonida ishlash prinsiplari, rejissura, rassom bilan ishlash sirlari haqida so‘zladi.
“Syomka jarayonida rejissor aktorni tushunishi kerak, chunki professional aktor o‘ynayotgan roliga qalbini beradi. Kino bu hamma uchun yorqin san’at, u drama, tragediya, fantaziya yoki komediya bo‘ladimi, insonni larzaga solishi kerak”, dedi Farhod Mahmudov.
Shuningdek, aktorlarni tayyorlashda Moskva teatrining tajribasi – raqs, yoga, qo‘shiq kuylash, badiiy kitob o‘qish va kunlik ijodiy grafikni rivojlantirish lozimligi aytildi.
Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Mahmudov 1972-yili Toshkentda tavallud topgan. 1993-yilda VGIKda aktorlik yo‘nalishini tamomlagan. Rus teatri spektakllarida va kinofilmlarda ko‘plab rollar ijro etgan. O‘zbekistonda rejissor Rustam Sa’diyevning “Baron” (2016) kinokartinasidagi Izzat roli orqali shuhrat qozondi va “o‘zbek Baroni” deya tanildi.
2022 yil kuz oyida “Baron 2.Sog‘inch” kinokartinasi premyera qilindi. Farhod Mahmudov bu kartinada o‘z qahramoni Izzat rolini ijro etdi.
Yangiliklar lentasi
0